7 kamerali Huawei flagmanining shu va boshqa xususiyatlari bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  1630
  •  12.09.2019 13:46

7 kamerali Huawei flagmanining shu va boshqa xususiyatlari bilan tanishamiz!

Xitoylik texnogigant yaqin kunlar ichida yangi smartfonlarini, shu jumladan Huawei Mate 30 Pro flagmanini namoyish etadi. Uning fotosuratlari hamda press-renderlari, xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar ko‘plab tarqalgan.

O‘QING: Samsung'ning Note 10'ini unuting. Mana, sotib olishga arziydigan smartfon!

Kuni kecha esa @Rodent950 nikli insayder o‘zining Twitter-sahifasida Mate 30 Pro’ning deyarli barcha texnik jihatlarini oshkor etdi. Mana, ular bilan biryo‘la tanishamiz:

Operatsion tizim: Android 10 bazasidagi EMUI 10

Protsessor: Kirin 990 yoki Kirin 990 5G

Ekran: taxminan 6,6–6,8 dyuymlik, 2400x1176 piksellik

Tezkor xotira: 8 GB

Ichki xotira: 512 GBgacha; yana nanoSD-karta o‘qiydi

Barmoq izi skaneri: ekraniga joylangan

Old kamera: 3 modulli (32 MPlik + keng burchakli datchik + ToF-sensor)

Asosiy kamera: 4 modulli (40 MPlik + keng burchakli 40 MPlik + 8 MPlik teleob’yektiv + ToF-sensor)

O‘QING: Shu kunlarda chiqadigan Huawei Mate 30 flagmanlari Google servislaridan va Android litsenziyasidan mahrum etildi!

Xabarga ko‘ra, Huawei Mate 30 Pro qulfini barmoq izi bilan ham, old kameradagi yuzni tanish tizimi bilan ham ochsa bo‘ladi. Old kamera jamlanmasiga kirgan sensorlar, selfi olish va blokdan chiqarishdan tashqari, yana foydalanuvchining yurak urishi chastotasini hamda nafas olish maromini ham o‘lchay oladi. Uning ekraniga nafaqat daktiloskop, balki dinamik ham integratsiya qilingan. Ovozni boshqarish uchun an’anaviy tugmachalar ham yo‘q – ular o‘rniga korpusning qirrasida kichkina sensor panel mavjud.

Huawei Mate 30 hamda Mate 30 Pro flagmanlarining taqdimoti 19 sentyabrda bo‘lib o‘tadi, shu tadbirda yana boshqa gadjetlar ham namoyish etilishi mumkin. Allaqachon global bozorga taqdim etilgan Huawei smartfonlaridan ayrimlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!