7 xil iPhone egalariga Apple naq 500 million dollar to‘lamoqchi, lekin...

  •   DiMaX
  •  1326
  •  16.05.2020 13:01

7 xil iPhone egalariga Apple naq 500 million dollar to‘lamoqchi, lekin...

Apple yangi modeldagi smartfonlari savdosini jonlantirish maqsadida eski rusumlardagi ayfonlarini sekinlashtirishi fosh etilgan. Xaridorlari bir necha bor sudlashgan bo‘lsa-da, Apple yana shu qilig‘ini qo‘ymagan va raqibining masxarasiga sabab bo‘lgan.

O‘QING: Apple akkumulyatorlar borasida o‘z mijozlarini boplab kelayotgan ekan!

AQShdagi ayfon egalarining oxirgi jamoaviy da’volari tufayli Apple ularga 500 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lashga roziligini bildirgan. Bular quyidagi rusumlarga mansub smartfonlardir:

iPhone 6

iPhone 6 Plus

iPhone 6s

iPhone 6s Plus

iPhone 7

iPhone 7 Plus

iPhone SE

Mazkur ariza ko‘rib chiqilayotgan okrug sudyasi Edvard J. Devila (Edward J. Davila) bunga roziligini bildirgan, ammo koronavirus pandemiyasi sababli muddatni cho‘zishini aytgan.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!