7 yanvarda chiqayotgan Galaxy M02s allaqachon do‘konda: 5000 mAs batareyali smartfon atigi 137 dollardan! (+video)

  •   DiMaX
  •  2642
  •  05.01.2021 10:46

7 yanvarda chiqayotgan Galaxy M02s allaqachon do‘konda: 5000 mAs batareyali smartfon atigi 137 dollardan! (+video)

Samsung kompaniyasi o‘zining 2021 yildagi ilk smartfonini 7 yanvarda namoyish etishi ma’lum bo‘ldi. Bu – arzon turkumning Galaxy M02s nomli vakili bo‘lib, Amazon India saytida uning sahifasi ham ochilib ulgurgan.

O‘QING: Samsung rasman Galaxy S21’lar taqdimot kunini aytdi – ulardan birini yutib olish mumkin! (+video)

Onlyan do‘kondagi rasmiy sahifasi Samsung Galaxy M02s modelining aksariyat xususiyatlarini oshkor etib qo‘ygan. Unga ko‘ra, smartfonning 6,5 dyuymlik displeyi HD+ formatida tasvir uzata oladi. Old kamera uchun displeyning yuqori qismi o‘rtasida tomchisimon kemtik ochilgan.

Galaxy M02s smartfonining «elektron yuragi» – Qualcomm mahsuloti bo‘lgan protsessor. Uning modeli hozircha aniq emas, bu Snapdragon 450 yoki 460 bo‘lishi mumkin.

Qurilmaning tezkor xotirasi esa 4 gigabayt hajmga ega.

O‘QING: “Yirik “operativka”li smartfon — marketing aldovidir!”

Bu smartfonning asosiy o‘ziga xosligi bo‘lsa naq 5000 mA/soatlik akkumulyatori hisoblanadi. Galaxy M02s bosh kamerasi uchtalik, lekin datchiklarning qanday aniqlikda ekanligi hozircha noma’lum.

YouTube tarmog‘idagi Samsung India kanali allaqachon ushbu gadjetning rasmiy videosini ham e’lon qilgan:

Garchi Galaxy M02s texnik xususiyatlari haqida ma’lumotlar uncha ko‘p bo‘lmasa-da, uning taqdimot kuni hamda narxi ma’lum. Samsung uni Hindistonda 7 yanvar kuni namoyish etib, taxminan 137 AQSh dollariga teng narxda sota boshlaydi. Boshqa mamlakatlar bozoriga u keyinroq taqdim etiladi.

O‘QING: 2021 yilda Samsung'dan kutayotgan 5 narsamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!