7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega smartfon taqdim etildi

7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega smartfon taqdim etildi

Tecno kompaniyasi Rossiyada o‘zining yangi Tecno Pova Neo 2 modelini taqdim etdi. Qurilma HD+ rezolyutsiyadagi 6.82 dyuymli IPS LCD displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 90 gerts chastotani qo‘llab-quvvatlaydi. 

Old panelda 8MP selfi kamera joylashgan bo‘lsa, orqa paneldan 16MP asosiy hamda 2MP sath kameralar o‘rin olgan. Smartfon MediaTek Helio G85 chipida ishlaydi, u 4/6GB tezkor hamda 64/128GB doimiy xotira bilan birlashtirilgan. 

Qurilma 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorha ega. Uni 18 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan HiOS 8.6 grafik qobig‘ida ishlaydi. Boshqa funksiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, gadjet yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, 3.5 mm audio jek hamda microSD uyasiga ega. 

Tecno Pova Neo 2 modeli kulrang, ko‘k va olov ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

4/64GB - 204 dollar

6/128GB - 240 dollar

3 oktyabr sanasida smartfon Rossiya sotuvga chiqadi. Hozircha uning xalqaro bozorga sotuvga chiqishi noma’lum.

O‘QING: vivo X Fold+ rasman taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!