72 yoshli bu boboy nega o‘z velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgan?

  •   DiMaX
  •  1892
  •  26.06.2020 11:49

72 yoshli bu boboy nega o‘z velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgan?

Tayvanlik bu kishining ismi Chen San Yuan (Chen San-yuan) bo‘lib, dastlab 2018 yili Reddit resursi orqali mashhur bo‘lgan edi. O‘shanda u o‘z velosipediga oltita smartfon o‘rnatib olgandi, endi esa...

O‘QING: Xorijda smartfonni tarozida tortib ko‘rishadi. Nega siz ham shunday qilishingiz kerak?

Chen San Yuan hozirda o‘z velosipedi uchun maxsus konstruksiya yasagan va unga naq oltmish to‘rtta smartfon o‘rnatib olgan. Cholning laqabi esa bunga oydinlik kiritadi – uni «Pokémon Go otaxon» (Pokémon Go Grandpa) deyishadi.

O‘zingiz ham anglab yetganingizdek, bu kishi Pokémon Go o‘yinining ashaddiy ishqibozidir. Nevarasi shu o‘yin bilan tanishtirgach, Chen San Yuan o‘z ishini – fenshuy murabbiyligini tashlab, pokemon ovlashga kirishib ketgan.

O‘yindagi barcha pokemonlarni qo‘lga kiritishga qattiq ahd qilgan boboy boshida oltita smartfon olib, o‘z velosipediga mahkamlagan. 2019 yili uni velosipedida 45 ta smartfon bilan pokemonlar ortidan quvib yurgan holda ko‘rishgan. Chen San Yuan o‘z shahrida shunchalik mashhurki, ASUS kompaniyasi uni ZenFone Max Pro taqdimotida so‘zga chiqishga taklif etib, bir necha smartfon sovg‘a qilgan.

O‘QING: 77 yashar pokemon ovchisi koronavirus sababli o‘zi «ovlandi»

Bu yil esa Chen San Yuan o‘z rekordini yangilagan – u endi 64 ta smartfon bilan, haftaning besh-olti kunida, sutkasiga 20 soatlab Pokémon Go o‘ynayapti! Uning velosipedi ruli juda baquvvat bo‘lsa kerak – axir, mahkamlagichni hisobga olmaganda ham, bu smartfonlarning umumiy vazni 12 kilogrammdan oshadi.

Darvoqe, 72 yashar pokemonchi otaxonning smartfonlaridan har birida ushbu o‘yin uchun alohida akkaunt ochilgan – shu tariqa u barcha pokemonlarni ovlamoqchi.

Siz-chi, pokemon ovlashga qiziqqanmisiz?

O‘QING: 90 yoshli geymer onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!