8 GB «operativka»li premium Xiaomi Mi Mix 2 sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  2149
  •  06.12.2017 15:51

8 GB «operativka»li premium Xiaomi Mi Mix 2 sotuvga chiqdi

Xiaomi’ning romsiz displeyga ega Mi Mix 2 allaqachon sotuvga chiqarilgan, ammo bu – smartfonning metall romli ommabop variantidir. Uning to‘liq keramik korpusga ega versiyasi esa bugun savdoga qo‘yildi, deb yozadi Gagadget nashri.

O‘QING: Yilning kutilgan smartfoni – romsiz Xiaomi Mi Mix 2 taqdim qilindi

Xiaomi Mi Mix 2 premium-modelining yana bir o‘ziga xosligi – asosiy kameraning gardishi sof oltindan qilingan. Smartfonning tezkor xotirasi naq 8, doimiy xotirasi esa 128 gigabayt hajmga ega. Qolgan xususiyatlari ommabop versiyasi bilan bir xil.

Narxi masalasiga kelsak, Xiaomi Mi Mix 2 premium modeli 710 AQSh dollariga baholangan (standart versiyasi 500 dollar atrofida). Biroq mazkur modifikatsiyadagi flagmanni hozircha faqat Xitoy hududida sotuvga qo‘yishgan.

O‘QING: Xiaomi’ning Mi turkumi smartfonlariga «Malika»da so‘mda belgilangan narxlar (2017 yil 23 noyabr)

Biroq shuncha qimmat bo‘lgani bilan, keramik korpusning kamchiligi ham bor – bu uning mo‘rtligidir. Qo‘ldan tushib ketganida sirtining shikastlanishi ehtimoli yuqoriroq.

O‘QING: iPhone X: Qo‘lingizdan tushib ketsa, o‘zingizni kechirmaysiz!