8 soniyada 15 mln dollar – Huawei Mate 40 yutug‘i dronlar yordamida tarixga muhrlandi

  •   DiMaX
  •  551
  •  04.11.2020 08:03

8 soniyada 15 mln dollar – Huawei Mate 40 yutug‘i dronlar yordamida tarixga muhrlandi

Oktyabr oyining oxirlarida yangi Huawei Mate 40 smartfoni taqdim etilgan, shuningdek, yanada ilg‘or fotoflagmanlar – Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ ham namoyish qilingan edi. Xitoydagi savdo maydonchalarida yangi qurilma bir necha soniya ichida sotib bo‘lingan, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

Xususan, JD maydonchasi orqali bu smartfonlar 11 soniya ichidayoq sotib tugatilgan. Ammo sakkizinchi soniyadayoq «buxgalter rekordi» o‘rnatilgan – bu vaqt ichida Mate 40 flagmani 15 million dollarlik sotilgan. Huawei kompaniyasi JD’dagi partiya hajmini ma’lum qilmagan, biroq hisob-kitoblarga ko‘ra, 256 gigabayt ichki xotiraga ega Mate 40 Pro narxi 1045 dollar bo‘lsa, 8 soniyada bitta savdo maydonchasining o‘zida 14 400 ga yaqin qurilma sotilgan.

Huawei hamda JD.com ushbu muvaffaqiyatni JD portalining shtab-kavritasi yaqinida dronlar yordamida nishonlashga qaror qilgan. Turli ranglarda tovlangan dronlar yordamida samoda smartfon va uning kamerasi tasviri, shuningdek, Kirin 9000 va Mate 40 Series yozuvlari paydo qilingan.

Agarda dronlar shousidan olingan barcha suratlar bilan tanishishni istasangiz, ushbu havola orqali yangilikning (xitoycha) ilk manbasi sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!