80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!
Biz hali namoyish qilinmagan MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan dastlabki skrinshotlarni, shuningdek, birinchi videolavhani va unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatini ham e’lon qilganmiz. Lekin Xiaomi undan ham oldin oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini chiqaradi; undagi ayrim o‘zgarishlar ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin.
O‘QING: Yana 11 rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga Android 11 bazasidagi MIUI 12 proshivkasi keladi!
Endi esa internetda MIUI 12.5 talqinidagi grafik qobiqqa asoslangan proshivkagacha yangilanuvchi smartfonlarning norasmiy ro‘yxati tarqaldi. Ularning ayrimlariga ushbu apdeyt Android 11 operatsion tizimi bilan birga keladi, ba’zilarining proshivkasi «o‘zagi» esa oldingi versiyadagi Android’da qoladi.
Shunday qilib, quyidagi smartfonlar uchun MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosida proshivka tayyorlanmoqda:
- Redmi 7A
- Redmi 8A
- Redmi 8A Dual
- Redmi 8A Pro
- Redmi 8
- Redmi 9A
- Redmi 9AT
- Redmi 9i
- Redmi 9C
- Redmi 9C NFC
- Redmi 9
- Redmi 9 (Hindiston versiyasi)
- Redmi 9 Prime
- Redmi 10X 4G
- Redmi 10X 5G
- Redmi 10X Pro
- Redmi Note 7
- Redmi Note 7S
- Redmi Note 7 Pro
- Redmi Note 8
- Redmi Note 8T
- Redmi Note 8 Pro
- Redmi Note 9
- Redmi Note 9S
- Redmi Note 9 Pro (Hindiston versiyasi)
- Redmi Note 9 Pro (Global versiyasi)
- Redmi Note 9 Pro Max
- Redmi Note 9 4G (Xitoy versiyasi)
- Redmi Note 9 5G
- Redmi Note 9 Ultra
- Redmi K20
- Redmi K20 Pro
- Redmi K20 Pro Premium Edition
- Redmi K30
- Redmi K30 5G
- Redmi K30 5G Racing Edition
- Redmi K30i 5G
- Redmi K30 Pro
- Redmi K30 Pro Zoom Edition
- Redmi K30 Ultra
- Redmi K30S Ultra
- Xiaomi Mi 8
- Xiaomi Mi 8 Pro
- Xiaomi Mi 8 Under Display Edition
- Xiaomi Mi 8 Explorer Edition
- Xiaomi Mi 8 SE
- Xiaomi Mi 8 Lite
- Xiaomi Mi 9
- Xiaomi Mi 9 Pro
- Xiaomi Mi 9 Pro 5G
- Xiaomi Mi 9 Explorer Edition
- Xiaomi Mi 9 Lite
- Xiaomi Mi 9 SE
- Xiaomi Mi 10
- Xiaomi Mi 10 Pro
- Xiaomi Mi 10 Ultra
- Xiaomi Mi 10 Lite
- Xiaomi Mi 10 Youth Edition
- Xiaomi Mi Note 10
- Xiaomi Mi Note 10 Pro
- Xiaomi Mi Note 10 Lite
- Xiaomi Mi CC9e
- Xiaomi Mi CC9
- Xiaomi Mi CC9 Pro
- Xiaomi Mi 9T
- Xiaomi Mi 9T Pro
- Xiaomi Mi 10T
- Xiaomi Mi 10T Pro
- Xiaomi Mi 10T Lite
- Xiaomi Mi Mix 2S
- Xiaomi Mi Mix 3
- Poco F1
- Poco F2 Pro
- Poco X2
- Poco X3
- Poco X3 NFC
- Poco M2 Pro
- Poco M2
- Poco C3
- Poco M3
Ta’kidlab o‘tamiz: yuqoridagi ro‘yxat norasmiy ma’lumotlar asosida shakllantirilgan; ishlab chiqaruvchining o‘zi uni hozircha tasdiqlamagan.
Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.
O‘QING: Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!