90% chegirmali «Oila uchun» aksiyasi – oilangiz bilan chegarasiz aloqada bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  2794
  •  18.05.2021 08:29

90% chegirmali «Oila uchun» aksiyasi – oilangiz bilan chegarasiz aloqada bo‘ling!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi yaqinda 5G texnologiyasini amaliyotga tatbiq etgan edi. Endi esa u Uzmobile mobil aloqasining jismoniy shaxslari uchun «OILA UChUN» xizmatiga 90% chegirma e’lon qildi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» ofislarida smartfon va aksessuarlar ham sotilyapti – foizsiz va 12 oygacha muddatli to‘lov!

UZTELECOM o‘z abonentlari uchun maxsus «Oila uchun» xizmatini taqdim etib keladi, bu esa abonentlarga guruh ichida cheksiz miqdorda mutlaqo bepul muloqot qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, 17 maydan boshlab UZTELECOM siz sevib ulgurgan «Oila uchun» xizmatiga ajoyib 90% chegirmali aksiyani e’lon qiladi!

Shunday qilib, 2021 yil 17 maydan 17 iyungacha bo‘lgan davrda ushbu xizmatdan chegirmali narxda, ya’ni 210 so‘mdan foydalanish mumkin bo‘ladi!

Xizmatni yoqish uchun maxsus USSD-so‘rovdan foydalanishingiz, shaxsiy kabinetingiz orqali xizmatni yoqishingiz yoki Kompaniyaning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, «Ishbilarmon», «Royal», «Uzmobile M2M», «M2M Basic», «Uzcard GSM», «Humo GSM» tarif rejalari abonentlari aksiyadan foydalana olmaydilar.

«OILA UChUN» aksiyasi – 10 barobar kamroq to‘lang, oilangiz bilan yuz marotaba ko‘proq muloqotlashing!

Aksiya yuzasidan batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali olishingiz mumkin.

O‘QING: 1 maydan barcha operator va provayderlar uchun internet xizmatlari 30 foizgacha arzonlashmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!