95 dollarlik Nokia C3 chiqdi: Android 10 tizimli smartfon naq 400 GB xotirani qo‘llab-quvvatlaydi!

  •   DiMaX
  •  2324
  •  04.08.2020 14:54

95 dollarlik Nokia C3 chiqdi: Android 10 tizimli smartfon naq 400 GB xotirani qo‘llab-quvvatlaydi!

Nokia brendi ostida navbatdagi smartfonlar chiqarib kelayotgan HMD Global kompaniyasi navbatdagi modelini taqdim qildi. Nokia C3 rusumli bu arzon gadjet «taroshlangan» Android 10 (Go edition) operatsion tizimi bilan ta’minlangan.

O‘QING: Endi eng arzon smartfonlarga ham Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Nokia C3 modelining asosiy o‘ziga xosligi – 400 gigabaytgacha hajmli microSD kartasini qo‘llab-quvvatlashidir. Smartfonning o‘z ichki xotirasi 32, tezkor xotirasi bo‘lsa 3 gigabaytlik hajmga ega.

Ushbu smartfon sakkiz yadroli Unisoc SC9863A protsessori bazasiga qurilgan. Mazkur chipset yadrolarining takt chastotasi 1,6 gigagerslik bo‘lib, ularga IMG8322 grafik tezlatgichi hamrohlik qiladi.

Nokia C3 bosh kamerasi 8, old kamerasi esa 5 megapiksellik yakka datchiklardan iborat. Uning avtonom ishlashi uchun 3040 mA/soatlik akkumulyator mas’ul bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash uchun orqa paneldagi daktiloskop javobgar.

Yangi qurilmaning o‘ziga xosliklaridan yana biri – korpusining yon qirrasiga o‘rnatilgan Xpress tugmachasidir. Uni bitta bosganda Google Assistant ovozli yordamchisi ishga tushadi, ikkita yoki uzoqroq vaqt bosish amallariga esa boshqa funksiyalarni tayinlab qo‘yish mumkin.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Shunday qilib, Nokia C3 smartfonining texnik xususiyatlari quyidagicha:

Displey: 5,99", 1440x720, 18:9

Protsessor: Unisoc SC9863A (8 x 1,6 GGs Cortex-A55), IMG8322 grafik chipi

Tezkor xotira: 3 GB

Ichki xotira: 32 GB (eMMC 5.1); 400 GBgacha microSD o‘qiydi

Akkumulyator: 3040 mA/soatlik

Bosh kamera: 8 MP (f/2.0)

Old kamera: 5 MP (f/2.4)

Operatsion tizim: Android 10

Xavfsizlik: orqa paneldagi barmoq izi datchigi

Aloqa: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b / g / n, Bluetooth 4.2, GPS, GLONASS

Portlar: 3,5 mm.lik audiotirqish, micro-USB

Qo‘shimcha: FM-radio

O‘lcham: 159,9 x 77 x 8,69 mm

Vazni: 184,5 gramm

Nokia C3 moviy va tillarang korpuslarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, Xitoyda uni 13 avgustdan, 95 dollarga teng narxda sota boshlashadi. Smartfonning boshqa mamlakatlar bozorlariga taqdim etilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: 100 dollarlik eng zo‘r smartfonni Oukitel tayyorladi: Helio P60, 4/64 GB xotira, FullHD+, kvadrokamera...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!