A1 ortidan A1 Plus: Redmi yana bir yangi byudjet sinfidagi smartfonni taqdim etdi

A1 ortidan A1 Plus: Redmi yana bir yangi byudjet sinfidagi smartfonni taqdim etdi

Xiaomi subbrendi bo‘lgan Redmi o‘tgan oyning boshida Hindistonda Redmi A1 modelini taqdim etgan edi. Kecha kompaniya ushbu smartfonning Plus modelini taqdim etdi. 

Qurilmaning 2/32GB hamda 3/32GB xotiraga ega turi bo‘lib, ularning narxi mos ravishda 91 hamda 103 dollarni tashkil qiladi. Smartfon qora, ko‘k hamda yashil ranglarda bo‘ladi. 

Redmi A1 Plus modelini to‘liq yangilangan smartfon deyish qiyin. Avvalgi modeldan uni barmoq izi skaneri borligi hamda 3GB tezkor xotiraga ega ekanligi ajratib turadi xolos. A1 modeli faqatgina 2/32GB xotira bilan sotuvga chiqqan. 

Yangi smartfon Helio A22 chipi bilan jihozlangan. U Android 12 (Go Edition) operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Old tomonda HD+ rezolyutsiyadagi 6.52 dyuymli displey joylashgan. Displeydan 5MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Orqa panelga 8MP asosiy hamda QVGA kameralar o‘rnatilgan. Qurilma 3.5 mm audio jek portiga ega, xotirani microSD kartasi bilan 512GB gacha cho‘zish mumkin. Smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni microUSB porti bilan 10 vatt tezlikda quvvatlash mumkin.

O‘QING: Xiaomi 13 sifatli renderlarda! 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!