Abituriyentlar uchun maxsus: kalkulyatorga Wi-Fi va OLED-displey qo‘shib, undan internetga kirish va xabar almashish mumkin! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1085
  •  08.05.2020 13:40

Abituriyentlar uchun maxsus: kalkulyatorga Wi-Fi va OLED-displey qo‘shib, undan internetga kirish va xabar almashish mumkin! («jonli» video)

Turli gadjetlarning himoyasini buzib, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari uchrab turadi. Neutrino nomli YouTube-kanal muallifi esa Casio klassik kalkulyatoriga ayrim detallarni qo‘shib, talabalar va abituriyentlar uchun tengsiz shpargalka devaysini yasadi!

O‘QING: Innovatsion o‘g‘irlik: Gulistonda elektr schyotchigini to‘xtatuvchi pult ixtiro qilishdi!

Quyidagi videoda ko‘ramizki, ixtirochi kalkulyatordagi quyosh nuridan quvvat oluvchi kichkina elementni OLED-displey bilan almashtirgan. Shuningdek, uning korpusiga Wi-Fi moduli va batareyka qo‘shgan, asosiysi – bunda qurilmaning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmagan.

Ushbu qo‘shimchalar orqali Casio kalkulyatori zo‘r funksiyalarga ega bo‘lgan: unda matematika yoki fizika bo‘yicha istalgan formulani yoki boshqa shpargalkalarni yozish mumkin. Shuningdek, kalkulyatorni internetga ulab, uning ixchamgina ekrani orqali xabar jo‘natish imkoni ham bor.

Shuningdek, mazkur ixtirochi Casio kalkulyatoridagi qo‘shimchalarni boshqarishning betakror yo‘lini ham o‘ylab topgan – shu tufayli uning asosiy funksiyalariga xalaqit berilmaydi. Buning uchun u kalkulyator korpusiga bir nechta magnit datchiklarini o‘rnatgan; unga kichkina magnit yaqinlashtirilganida displey faollashadi.

OLED-displeyi o‘chirilgan holatida esa kalkulyatorning oddiy quyoshli panelidan farqlanmaydi ham, natijada bu gadjet imtihon paytida yordam beruvchi tengsiz qurilmaga aylangan!

O‘QING: Bosh vazir "ixtirochi" abituriyentga dasturchi bo‘lishni maslahat berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!