Abonentlarning eng dolzarb yuzta savoliga operator rahbariyati javob berdi

  •   DiMaX
  •  1204
  •  08.01.2021 16:53

Abonentlarning eng dolzarb yuzta savoliga operator rahbariyati javob berdi

Mobiuz uyali aloqa operatori o‘z abonentlari va umuman O‘zbekiston aholisi bilan o‘zaro muloqotni ancha jonli olib bormoqda. Shu niyatda kompaniya 2020 yilning 21–25 dekabr kunlari «Yuzma-100» loyihasini yo‘lga qo‘ygan edi.

O‘QING: Operator sovrin jamg‘armasi 1 540 000 000 so‘mlik aksiya e’lon qildi!

«Yuzma-100» loyihasi doirasida abonentlar va aholi Mobiuz rahbariyatiga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilgan. Loyiha davomida 600 dan ziyod turli xil savollar kelib tushgan. Bugun – 8 yanvar kuni Mobiuz kompaniyasi rahbariyati shular orasidan eng dolzarb bo‘lgan va ko‘p uchragan 100 ta savolga javob berdi.

Savollarga kompaniya rahbariyatining quyidagi vakillari javob berishgan:

  1. Sobir Aripov – Bosh direktor (1–9-savollar);
  2. Lola Filatova – Bosh direktorning marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari: (10–81-savollar);
  3. Abduraxmon Adburaxmanov – Bosh direktorning texnologiyalar va AT bo‘yicha o‘rinbosari: (82–93-savollar);
  4. Qodirjon Nazarov – xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i (94–100-savollar).

Kompaniya rahbariyatiga berilgan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali Mobiuz rasmiy saytida tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: Oyiga atigi 8000 so‘mlik «Yengil» tarif rejasi chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!