Acer Aspire E15 – metall hoshiyali klassik noutbuk

Acer Aspire E15 – metall hoshiyali klassik noutbuk

Acer Aspire E15 noutbuki klassik dizayn va oddiy ko‘rinishga ega. Kompyuterning samaradorligi o‘rtacha, yaxshi. Narxi esa bir oz qimmat. Keling, batafsilroq tanishamiz.

Tashqi ko‘rinishi

Noutbuk jiddiy dizaynga ega. Korpus plastikdan va ishlab chiqaruvchilar ayrim joylariga metalldan hoshiyalar berishga harakat qilishgan. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarishda iqtisod qilish imkonini bergan. Acer Aspire E15 noutbukining monitori metall hoshiya bilan mustahkamlangan. Bu, albatta, to‘g‘ri yondoshuv.

Acer Aspire E15 noutbuki mukammal klaviaturaga ega. Klaviaturaning tepa qismida “maxsus” vazifalarni bajaruvchi bir qator tugmachalar ham bor. Klaviatura qulay, beshovqin, tugmachalar xuddi Acer`ning qimmatbaho modellaridagi bilan bir xil. Acer Aspire E15 ning narxi Rossiyada 25-26 ming rubl atrofida. Bu – birlamchi jamlanma uchun. Kuchli va ishlab chiqarish quvvati yuqori variantlarining narxi esa 40 mingdan ortiqroqni tashkil etadi, ammo ular dizayni jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. O‘zbekistonda esa 2,3 mln. so‘mga olsa bo‘ladi.

Enter tugmachasi juda ingichka, shu bois anchayin noqulay. To‘g‘rirog‘i, u qalinligi jihatidan boshqa tugmachalar bilan bir xil. Ammo 2000 yillar boshidagi klaviaturalarning katta klavishlariga o‘rganib qolganlarga ma’qul bo‘lmasligi mumkin. Eng katta kamchilik esa – qopqoqning ochilish burchagidir. Ekranni taxminan 160 darajagacha ochish mumkin. 180 darajaga atigi 20 daraja yetmayotgani sizni hayron qoldirmasin. Aslida 20 daraja – bu uchdan bir qismga teng. Ba’zida burchak yetarli bo‘lmaydi, shunda uni yanada kattaroq ochging keladi. Shu o‘rinda yana bir muammo ko‘zga tashlanadi. Halqalar shu qadar harakatchanki, to‘liq yopilishiga taxminan 10 santimetrlar qolganda qopqoq qarsillab yopiladi. Ba’zida noutbuk ishlab turgan holatda ekranni yopib qo‘yging keladi, ammo buning iloji yo‘q. Chunki ekran yopilgach, kompyuter ham “uyqu” holatiga o‘tib qoladi. To‘g‘ri, “uyqu” holatini sozlash mumkin, ammo aynan qopqoqning turmasligi sizga ma’qul kelmasligi mumkin.

Ekran o‘lchami – 15,6 dyuym, 1368 ga 768 piksel imkoniyatiga ega. Matritsa o‘rtacha, ranglari ham o‘rtamiyona. Ammo kartochkasi juda kuchli. Darvoqe, noutbukka disk yozish mumkin bo‘lgan DVD ham o‘rnatilgan. Bu esa menga qo‘p kerak bo‘ladi. Xatto, USB-portlardan ham ko‘proq kerakli. USB-portlar esa usta bo‘lib, ulardan biri 3.0 standartida, ya’ni yuqori tezlikda ishlaydi.

 Ish unumdorligi

Har ehtimolga qarshi yana bir karra aniqlik kiritib o‘tish kerakki,  Acer Aspire E15 ning ilk modeli, ya’ni E5-571G-38VF bor. Acer Aspire E15 haqida fikr bildirib, uning noutbuk emas, balki quvvati juda kuchli ekanini yozayotganlar esa keyingi kuchliroq modellar haqida so‘z yuritishmoqda. Mazkur noutbuk esa unday emas, lekin ofisdagi ishlarga yaraydi. Xatto u qadar murakkab bo‘lmagan o‘yinlar uchun ham foydalanish mumkin.

Yangiligida noutbuk 64 bit versiyadagi WIN 8 da ishlagan. Acer Aspire E15 ning operativ tizimi  qayta o‘rnatilmaganini ham yoki oddiygina Linukslisini ham topish mumkin. Shu yo‘l bilan siz yaxshigina mablag‘ingizni tejab qolishingiz mumkin.

Takt chastotasi 1900 MGs bo‘lgan CORE i3 4030U noutbukning yuragi hisoblanadi. NVIDIA GEFORCE 820M esa grafika uchun javobgar. Operativ xotira juda katta  – 4 Gigabayt. Bunaqa protsessorga shuncha xotira nima uchun kerakligini tushunish mushkul.

Akkumulyator

Sig‘imi 2500 mAs bo‘lgan 6 yacheykali batareya o‘rnatilgan. 4 soat ishlashga bemalol yetadi. Ammo Acer o‘zining ayrim telefonlarini, masalan Acer Liquid E700 ni ushbu noutbukdagidan ko‘ra, sig‘imi kattaroq batareyalar bilan jihozlashini bilganlar uchun bu ham ba’zida hayron qoldiradi. Tejamkorlik rejimida vayfay ishlab tursa, to‘rt soatga yetadi. Agar kino ko‘rilsa, yoki o‘yin o‘ynalsa, ko‘pi bilan 1,5 soatga yetadi xolos.

Acer Aspire E15 haqida yakuniy xulosa

Yuqorida qayd etganimdek, bu juda oddiy model. Eng yangisi ham, eng unumdori ham, eng chiroylisi ham emas. Ammo ishonchli. Yana bir o‘ziga xos salbiy jihati ham mavjud: Noutbukning vazni akkumlyatori bilan, lekin quvvatlovchi moslamasiz 2,5 kilogrammga teng. Quvvatlovchi moslama ham yana yarim kilo qo‘shadi.

ACER ASPIRE CORE 3

Ishlab chiqaruvchi:                              Acer

Model:                                                      Acer ASPIRE E15 Core i3

Narhi:                                                         2 259 200 SUM

Sotib olish

Belgilar:                                                   Acer, ASPIRE, E5-571G, Core, i3,

TUR

Turi:                                                             noutbuk

Operatsion tizim:                                DOS

PROTsESSOR

Protsessor:                                                Core i3 1900 MGs

Protsessor yadrosi:                                Haswell

Protsessor yadrosi soni:                      2

Kesh hajmi: L2                                         512 Kb

 Kesh hajmi: L3                                        3 Mb

XOTIRA

Tezkor xotirasi                                     4 Gb DDR3L 1600 MGs

Maksimal o‘lchami                                 16 Gb

TASVIR

Ekran:                                                            15.6 dyuym, 1366×768, kengformatli

Ekran turi                                                   jilosiz

Ekran yorug‘ligi                                          svetodiodli

Ma’lumotlar saqlash qurilmasi

Optik uzatma:                                              DVD-RW, ichki

To‘plagich hajmi (HDD)                             500 Gb

Qattiq diskning aylanish tezligi    5400 ob/daq

ALOQA

LAN/Modem                                                    tarmoq kartasi 1000 Mbit/c

Simsiz aloqa                                                 Wi-Fi IEEE 802.11n, Bluetooth 4.0

Interfeyslari                                            USB 2.0×2, USB 3.0, VGA (D-Sub), HDMI, kirish mikr./chiqish. quloqchinlarda Combo, LAN (RJ-45)

HAJMNI KENGAYTIRISh

Flesh-kart o‘qish uchun qurilma              bor

Xotira kartasini qo‘llay olishi         SD

QUVVAT

Akkumulyatorning ishlash vaqti            4.5 s

Akkumulyator hajmi

4700 mAs

Akkumulyator turi                                         Li-Ion

IShGA TUShIRISh QURILMASI                  Touchpad

OVOZ

O‘rnatma kolonkalar                                     bor

O‘rnatma mikrofon                                        bor

QO‘ShIMChALAR

Veb-kamera                                                         bor, 1.3 mln. piks.

O‘ziga xosligi

Razmerlari (DxShxT)                                      381.6x256x30.3 mm

Og‘irlik                                                                 2.5 kg

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.asaxiy.uz 2 259 200 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!