Acer Chromebook 14: kunning eng arzon yaxshi noutbuklari qatorida

Acer Chromebook 14: kunning eng arzon yaxshi noutbuklari qatorida

Personal kompyuter ishlab chiqaruvchilar so‘nggi vaqtlarda xrombuk turkumi ostida hamyonbop, shuningdek imkoniyatlari keng noutbuklar ishlab chiqarishga odatlandilar. 2011 yildan ishlab chiqarila boshlangan, Chrome OS operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadigan, noutbukka nisbatan kichik ekranli bu qurilmalarda ilovalarni qattiq diskka o‘rnatish shart emas. Chrome brauzerini ochib, Google veb-servislaridagi ilovalardan foydalanish mumkin.

Jumladan, Tayvanning Acer kompaniyasi qatorasiga 3-yil ushbu bozorda yaqqol peshqadamlik qilmoqda.Xrombuk bozorida Acer’ning Acer Chromebook 14, ekrani 15,6 dyuymli Acer Chromebook 15, korpusi ixchamlashadigan 13,3 dyuymli Chromebook R 13 va Vibrant Gorilla Glass himoya shishasiga ega Acer Chromebook 14 kabi modellari ommalashgan. Xalqaro bozorda ular o‘rtacha 250 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Acer Chromebook 14 (CB3-431-C5FM) ayni paytda bozorda $264.99 dollardan boshlab sotilmoqda.  Asus Chromebook Flip ($269.99) yoki Acer Chromebook R 11 ($279.99) kabi  10 va 11 dyuymli noutbuklardan so‘ng Acer kompaniyasi 2016 yilning iyul oyida 14 dyuymli Acer Chromebook 14’ni taqdim qildi. Bu noutbuk uzoqqa yetadigan akkumulyatori, metall korpusi va keng hamda yorqin full HD ekrani, arzonligi bilan ommabopdir. Aytish joizki, bu — Intel protsessoriga ega ilk xrombuk.

Dizayn va jihatlari

Chromebook 14 Alyuminiydan tayyorlangan 0.7 sm qalinlikdagi yupqa korpusga ega Acer – 14″ Chromebook devaysi 1,5 kg tosh bosadi. Uning jilosiz alyuminiy korpusiga ajoyib tarzda ishlov berilgan. Dizayn jihatidan 14 dyuymli metall korpusli gadjet 1000 dollar turadigan hashamdor noutbuklarni eslatib yuboradi. Bu borada u o‘zining raqiblari bo‘lgan Asus Chromebook C202SA-YS02 ($194.88), Dell Chromebook 11 Non-Touch yoki Toshiba Chromebook 2 ($429.99) kabi noutbuklardan ustun.

Klaviaturaga yuzlansak, klavishlarning to‘liq va katta o‘lchamlarda ishlanganiga guvoh bo‘lamiz. Ular bir oz silliq va bosganda sal-pal qattiq tuyiladi. Yana bir yaxshi tomoni — tachpad, ya’ni klaviatura ostidagi sensor doskasi kengligi hamda tezkorligi bilan o‘ziga xos.

Quyidagi stereo-dinamiklarning esa ovoz uzatishi yaxshi va o‘rtacha kattalikdagi xonada ulardan taralgan ovozni bemalol eshitish mumkin.

Aloqa imkoniyatlari

Ulanish uchun korpusda HDMI porti, noutbukni “qulflab” qo‘yish mumkin bo‘lgan Kensington porti, korpus chap tomonida 2 ta USB 3.0 portlari, o‘ng tomonda o‘chirib-yoqish tugmasi bilan yonma-yon audio quloqchin uchun an’anaviy konnektorga joy ajratilgan.

Afsuski, korpusda qo‘shimcha xotira fleshkasi — SD-karta uchun joy ajratilmagan. 32 GB xotiraga qanoat qilishga to‘g‘ri keladi. Biroq, yaxshi xabar ham bor — foydalanuvchilarga 100 gigabaytgacha bo‘lgan fayl va ma’lumotlarini Google Drive “bulutli” – virtual ma’lumotlar omborxonasida saqlash imkoni beriladi.

Noutbukni Bluetooth 4.2 hamda Wi-Fi (dual-band 802.11ac) simsiz aloqa tarmoqlariga ulash mumkin. Boshqa qurilmalardan surat, musiqa va boshqa turdagi fayllarni yuklab olish mumkin.

Ekran

14 dyuymli IPS ekranda tasvir yorqin va aniq-tiniq. Full HD displey 1920 x 1080 pikselli bo‘lib, nur qaytaruvchi qoplamaga ega. Odatda hamyonbop noutbuklar HD’dan nariga o‘tishmas edi. Bu gal Acer bu qoidani buzdi. Tasvir ekranning markazida ham, chekkalarida ham bir xil tarzda sifatli aks etadi.

Platforma va samaradorlik

Acer – 14″ Chromebook noutbuki Google Chrome OS operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Buning afzalligi shundaki, tizim o‘zi uchun zarur xavfsizlik va dasturiy mahsulotlarni Google’dan avtomatik ravishda yuklab va yangilab boradi.

Acer Chromebook 14’da Intel’ning Celeron® N3160 protsessori o‘rnatilgan. Boshlang‘ich darajali noutbuklarga mo‘ljallab 2016 yilda taqdim qilingan 8 yadroli bu chipning chastota tezligi 1.6 – 2.24 Gss.ni tashkil qiladi. Undan asosan elektron pochta, internet va boshqa hisob-kitob, filmlar ko‘rish kabi vazifalarda foydalansa bo‘ladi. Noutbukdagi grafik-tasvirlar uchun Intel’ning HD Graphics 400 video-kartasi mas’ul. U o‘yin o‘ynash, suratlar tahrir qilish kabi vazifalarni bemalol uddalay oladi.

Protsessor platformasi uchun 4 gigabaytli tezkor xotira tanlangan. Bu xotira bir vaqtning o‘zida bir qancha internet sahifalarini va ilovalar ochib qo‘yish barobarida HD filmlar tomosha qilinsa ham – qiynalib qolmaydi. Noutbukning doimiy xotirasi 32 GB.

Quvvat manbai

Bu noutbuk akkumulyatori bilan maqtana oladi. Chromebook 14 to‘liq quvvat bilan 11 soat va yana 50 daqiqa faoliyat ko‘rsatadi. Ya’ni, bu – bir kunlik faoliyat uchun yetarli. Uning ko‘rsatkichi Toshiba Chromebook 2 (5:32 soat ishlaydi), Acer Chromebook R 11 (10:35), Lenovo Thinkpad 11e (7:35), $159 dollarlik CTL Chromebook J2 (8:55) hamda Dell Chromebook 11 Non-Touch (10:37) kabi raqiblarnikidan yaxshi natija.  Asus Chromebook C202SA (12:05) va CTL J5 (12:21) laptoplari esa Acer Chromebook 14’ni kichik farq bilan mag‘lub qilishadi.

Unutmang, Acer – 14″ Chromebook noutbukida DVD/CD disklarni o‘qiydigan drayver mavjud emas.  

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!