Acer ConceptD – kontent yaratuvchilar uchun yangi noutbuk va boshqa gadjetlar turkumi

  •   DiMaX
  •  833
  •  16.04.2019 15:45

Acer ConceptD – kontent yaratuvchilar uchun yangi noutbuk va boshqa gadjetlar turkumi

2019 yilning 11 aprelida Nyu-York shahrida Acer global matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Kompaniya bosh ijrochi direktori (CYeO) Jeyson Chen unda jahon jamoatchiligiga 2019 yilning yangi mahsulotlarini namoyish qildi. Kontent yaratuvchilari uchun mahsulotlarning yuqori quvvatli lineykasi – Acer ConceptD yangi brendining taqdimoti dasturning asosini tashkil etdi.

O‘QING: Acer geymerlar uchun g‘ayrioddiy noutbuk-transformer ishlab chiqdi (+video)

Nyu-Yorkda taqdimoti o‘tkazilgan ConceptD – yuqori sifatli mahsulotlarining premial lineykasi bo‘lib, grafik dizaynerlar, rejissyorlar, muhandislar, me’morlar, ishlab chiquvchilar va kontentning boshqa yaratuvchilari uchun mo‘ljallangan. Yangi seriya shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, monitorlar va Windows Mixed Reality garniturlarini o‘z ichiga oladi. Acer ConceptD noutbuklari hamda ShKlari shovqinsiz ishlashi va maksimal mahsuldorlik va jarayonlarning tezligida rangni uzatishning yuqori aniqligi bilan tavsiflanadi.

«Biz ekstremal bosimga ega yuklamalarni ko‘tarishga qodir yuqori mahsuldorlikka ega protsessorlar va grafikasi bo‘lgan kompyuterlarni ishlab chiqdik hamda ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga ijodkorlarni ilhomlantirish uchun ularni tinch, minimallikni ifoda etuvchi dizaynga joylashtirdik», – dedi Acer Inc ijrochi direktori Jerri Kao.

Shuningdek, kompaniya yana quyidagilarni taqdim etdi:

43 dyuymlik o‘yin monitori va yangilangan gadjetga ega Predator Orion 5000 – professional geymerlar uchun yangi kompyuterlar:

Samarali sovitish va shovqinning past darajasini ta’minlovchi Hyper Drift betakror harakatlanuvchi klaviaturaga ega Predator Helios 700 – geymerlar uchun noutbuk:

Nitro seriyasidagi yangi o‘yin noutbuklari:

«Bulutli» saqlagichlar bilan samarali va xavfsiz ishlash uchun ikkita Acer Chromebook premium-modellari:

Tez-tez safarlarda bo‘ladiganlar uchun avtonom ishlashning uzoq davri, yengil va ultranozik dizaynga ega Travel Mate P6 noutbuki:

Keng doiradagi vazifalarni hal qilish uchun Acer Aspire universal noutbuklarining yangilangan seriyasi:

360 darajaga buriladigan sharnir, 12 soat avtonom ishlash va stilus yordamida ma’lumotlarni kiritish imkoniyatiga ega yangilangan Spin 3 noutbuk-transformeri:

«Nyu-Yorkda taqdimoti o‘tkazilgan ayrim yangi mahsulotlar O‘zbekiston bozoriga ham kirib keladi. Sotuvlar 2019 yilning sentyabr oyiga rejalashtirilgan. Acer kompaniyasi o‘zbek foydalanuvchilariga qanday modellarni taklif etishi mahalliy bozordagi talabga bog‘liq bo‘ladi», – xabar berdi Acer Inc vakili.

Acer yangi modellarining butlanishi, narxlari va yetkazilishi mamlakatlardagi talablarga asoslanib o‘zgarib turadi.

Kompaniya haqida:

1976 yilda tashkil etilgan Acer kompaniyasi dunyodagi yetakchi AKT kompaniyalaridan biri bo‘lib, 160 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Kompaniyaning faoliyati iste’molchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar ochib bergan holda, apparat ta’minoti, dasturiy ta’minot va xizmatlarni bir-biri bilan birlashtiradigan muhitni yaratishga yo‘naltirilgan. Acer kompaniyasining 7000 dan ortiq xodimi odamlar va texnologiyalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etadigan mahsulot va yechimlarni yaratish uchun tadqiqot, dizayn, marketing, sotish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun www.acer.com saytiga tashrif buyuring.

O‘QING: ASUS, Acer, Lenovo, HP va Dell noutbuklarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 23 mart)