Acer`ning uch simkartali Liquid X2 fableti yanvarda chiqariladi

Acer`ning uch simkartali Liquid X2 fableti yanvarda chiqariladi

Acer kompaniyasi joriy yilning aprel oyida ma’lum qilgan Liquid X2 fabletining taqdimot vaqtini tasdiqladi. Malayziyaning SoyaCincau axborot manbasining xabariga ko‘ra, fablet yanvar oyida jamoatchilikka taqdim etiladi.

Acer kompaniyasi Liquid X2da SIM-kartalar uchun uchta maxsus joy bor va har biri LTE tarmog‘ini qo‘llay oladi. Akkumulyator quvvati 4000 mAs ni tashkil etadi.

Fablet 5,5-dyuym ekran (HD), 13-megapiksel asosiy va frontal kamera, 32 GB o‘rnatma xotira, karta xajmini oshirishi imkonini beruvchi microSD bilan ta’minlangan.

Sakkiz yadroli MediaTek protsessori va 3 GB tezkor xotira aparat bazasi uchun “xizmatda”. Qurilma Android operatsion tizimida ishlaydi. Acer aksessuaridan ekrandagi eslatma va xabarlar ko‘rinib turadigan maxsus teshikli flip-g‘ilof ham o‘rin olgan.

Fabletning qaysi bozorda sotilishi va narx-navo masalalari mavhumligicha qolmoqda.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!