Achinarli statistika: Smartfondan foydalanish haqida 12 ta fakt!

  •   DiMaX
  •  2131
  •  10.05.2021 11:42

Achinarli statistika: Smartfondan foydalanish haqida 12 ta fakt!

Android Headlines portali oddiy foydalanuvchilarning smartfon ishlatishi borasida maxsus tadqiqot o‘tkazib, natijalarini e’lon qildi. So‘rovda o‘n sakkizdan oshgan 1000 nafar amerikalik ishtirok etgan, yakuniy statistika esa ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida chiqarilgan.

O‘QING: Bolangiz smartfondan bosh ko‘tarmayaptimi? Ayb sizning daromadingizda!

So‘rov yakunlariga ko‘ra chiqarilgan xulosalar (o‘rtacha hisobda olingan):

  1. Kishilar smartfonga kuniga 262 marta qarashadi.
  2. Odamlar bir sutkada 3 soatu 19 daqiqani smartfonga bag‘ishlashadi.
  3. Shundan 50 daqiqasi uxlash oldidan telefon titkilashga ketadi.

  1. Smartfon egalarining 80 foizi uyg‘ongandan keyingi 10 daqiqa ichida undagi xabar va bildirishnomalarni tekshiradi.
  2. Odamlarning 52 foizi 24 soatdan oshiq vaqtga telefonidan ajralmaydi.

O‘QING: DIQQAT: yoningizdagi smartfon aqlingizni pasaytiradi!

  1. Kishilarning 43 foizi o‘z smartfonini qimmatbaho mulk hisoblaydi.
  2. Smartfon egalarining 54 foizi uning akkumulyatorida quvvat 20 foizdan kamayganida vahimaga tushadi.
  3. Foydalanuvchilarning 40 foizi rulni boshqarayotib ham smartfondan foydalanadi!
  4. So‘ralganlardan 70 foizi smartfonini albatta o‘zi bilan hojatxonaga olib kiradi.
  5. Kishilarning 47 foizi hatto uchrashuvga chiqqanida ham telefoniga qarashni kanda qilmaydi.
  6. Odamlarning 62 foizi smartfonini yonida olib uxlaydi.
  7. So‘ralganlarning 48 foizi o‘zida smartfonga tobelik alomatlari mavjudligini tan olgan.

Xo‘sh, siz ham yuqoridagilar qatoriga kirasizmi? Unda ijtimoiy tarmoqlardan qutulish yo‘llari, tarmoqlarda tark etishingiz lozim bo‘lgan o‘nta odat, smartfonga tobelikdan qutulish usullari, internetga bog‘lanib qolishning o‘nta belgisi, smartfon foydalanuvchisi uchun muhim 10 qoida haqidagi maqolalarimiz bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Nega bolaning gadjetlar bilan o‘tkazadigan vaqtini cheklash kerak?