Activision hammani chuv tushirdimi?

Activision hammani chuv tushirdimi?

Call of Duty: Modern Warfare II o'yinining jismoniy nusxasi, yoxud diskiga buyurtma berganlar uchun ularni yetkazib berish boshlandi. Biroq, disk egalarini unda atigi 72 MB hajmdagi ma'lumot borligini ko'rib hayratda qolishdi. Ma'lum bo'lishicha, Activion disk ichida to'liq o'yinni emas, balki uni internetdan yuklab olishga yo'naltiradigan yorliqnigina yuborgan.

Eurogamer bergan ma'lumotlarga ko'ra, to'liq COD: MW II o'yinini PlayStation 5'ga yuklab olish uchun 150GB kerak bo'ladi. Ta'kidlash joizki, o'yinning asosiy kampaniya qismi 35-40 GB bo'lgan. Yaxshiyamki, hammasi disklar ham bunday "qo'g'irchoq" model emas, ularning ba'zilari to'liq o'yin bilan birga keladi. Lekin o'yinni to'liq yuklab olishga majbur bo'lish, albatta ko'ngilni xira qiladi, ayniqsa internet tezligi sezilarli darajada past bo'lgan davlatda bo'lsangiz.

Activision o'z xaridorlarini bunday chuv tushirgan birinchi kompaniya emas. Bundan avval Halo Infinite o'yini ham shu tarzda yetkazib berilgani uchun qattiq tanqid ostida qolgan edi.

O'QING: Dunyodagi eng tezkor oyoq kiyim: MoonWalkers taqdim qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!