Activision yana ikkita jangovar o‘yinni smartfonlarga ham chiqaryapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  1106
  •  04.11.2020 14:38

Activision yana ikkita jangovar o‘yinni smartfonlarga ham chiqaryapti! (+video)

Koronavirus pandemiyasi davrida ilovalar va o‘yinlar industriyasi o‘z cho‘qqisiga chiqqanidan xabaringiz bor. O‘yinsoz kompaniyalar ham o‘z mahsulotlarining mobil talqinlarini taqdim etib, bundan yaxshigina daromad ko‘rishmoqda.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Xususan, Activision Blizzard kompaniyasi ham Call of Duty: Mobile o‘yinining katta daromad keltirayotganidan ilhomlanib, yana ikkita mahsulotini smartfonlarga moslab chiqarishini e’lon qildi.

Kompaniya bu haqda investorlar bilan uchrashuvdagi hisobotida xabar berdi. Unga ko‘ra, Blizzard Entertainment endi birinchilardan bo‘lib World of Warcraft o‘yinining mobil versiyasini taqdim etadi. Eslatib o‘tamiz, u The Guardian nashri tuzgan XXI asrning eng zo‘r ellikta o‘yini reytingiga ham kirgan.

Activision Blizzard bundan tashqari, yana StarCraft o‘yinini ham mobil talqinda chiqarishi kutilmoqda. Uning ikkinchi qismi – StarCraft II: Wings of Liberty bultur Metacritic agregatorining oxirgi o‘n yillikdagi eng yaxshi o‘yinlar reytingidan o‘rin olgan.

O‘QING: Ekspertlar: «Ushbu 21 ta ommabop o‘yinni smartfondan tezda o‘chirib qutuling!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!