Adidas'ning yangi naushniklari quyosh nurlaridan quvvatlanadi

Adidas'ning yangi naushniklari quyosh nurlaridan quvvatlanadi

Agar simsiz naushniklarning bitta "minus" tomoni bo'lsa, bu ularning quvvati tez tugab qolishidadir. Biroq, Adidas'ning yangi simsiz quloqchini deyarli quvvatlashingiz shart emas. Taniqli sport brendi Zound Industries bilan hamkorlikda o'zining RPT-02 SOL, tabiiy yoki sun'iy yorug'lik bilan zaryadlana oladigan simsiz quloqchinni taqdim qildi.

Foto: Adidas

Ma'lum bo'lishicha, naushnikning bosh tasmasi Shvetsiyaning Exeger quyosh texnologiyalari kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan "Powerfoyle" deb nomlanuvchi yuqori moslashuvchanlik xususiyatiga ega materialdan, o'zi esa 87% qayta ishlangan plastmassa va neylon birikmasidan tayyorlangan.

Foto: Adidas

Kuchli, shu bilan birga, doimiy tabiiy yorug'lik talab qiladigan eski quyosh batareyalaridan farqli o'laroq, Powerfoyle turli yorug'lik sharoitida quvvatlanish imkonini beradi. Shuningdek, quloqchinda zaryadlash uchun eng yaxshi yorug'lik manbayini topishga yordam beradigan indikator va mabodo yorug'lik bilan quvvatlash ish bermay qolgan taqdirda, simli quvvatlash uchun USB-C porti ham mavjud. RPT-02 SOL naushnigi 80 soatlik hayratlanarli batareya quvvatiga ega.

Foto: Adidas

Garchi qurilma o'ta suvga chidamli bo'lmasa ham, u IPX4 reytinggiga ega, ya'ni u suv sochilishiga yoki terga chidamli. Aytish kerakki, uning quloqchinlari va ichki bosh tashmasini olinadigan bo'lib, ularni "yuvib-yuvib" qayta ishlatish mumkin. 

Adidas RPT-02 SOL naushniklari 23-avgustdan 229 dollar narxda sotuvga chiqariladi. 

O'QING: Xalqaro bozor uchun yangi Poco M4 5G taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!