Adobe dizayn olamidagi o'zining eng katta raqiblaridan birini sotib olmoqda

Adobe dizayn olamidagi o'zining eng katta raqiblaridan birini sotib olmoqda

Adobe kompaniyasi taniqli dizayn platformasi, Figma'ni 20 milliard dollarga sotib olayotganini e'lon qildi. 2016-yilda ishga tushirilgan Figma onlayn dasturi bir nechta dizaynerlarga real vaqtda bir loyiha ustida jamoa bo'lib ishlash imkonini beradi. Veb-platforma Adobe'ning Adobe XD dasturiga to'g'ridan-to'g'ri raqobatchi edi.

Ma'lum bo'lishicha Adobe o'z mahsulotlaridagi ba'zi xususiyatlar yoxud illustratsiya, fotografiya va video texnologiyalarini Figma'ga integratsiya qiladi. Shuningdek, kompaniya Figma xizmatlarini o'zining Adobe Creative Suite obunasiga birlashtirishi ham mumkin. 

Bitim yopilganidan keyin ham Figma asoschisi va bosh direktori, Dilan Fild, platformani boshqarishda davom etadi. "Biz Figma'ni har doimgidek boshqarishda davom etamiz" deydi Dilan.  

Bugungi kunda Figma'dan minglab dizaynerlar, shu bilan birga, Microsoft kompaniyasi dizaynerlari ham Office va Windows dizaynlarini yaratish uchun ham foydalanishadi.

O'QING: Bu shunchaki tirqish emas, u bilan o‘yin o‘ynash mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!