Adweek marketing va reklama haftaligida Huawei 2016 yilning «Eng innovatsion brendi» deb topildi

Adweek marketing va reklama haftaligida Huawei 2016 yilning «Eng innovatsion brendi» deb topildi

Toshkentda ilk bor Adweek marketing va reklama haftaligi o‘tkazildi. Bir oy davomida mahsulot va xizmatlar foydalanuvchilari o‘zlariga ma’qul kelgan eng yaxshi brend va talabalar ishi uchun ovoz berishdi. Huawei kompaniyasi mazkur haftalikning bosh homiysi sifatida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Daryo.uz

Wangpeng-Shayhov-680x453

«O‘zbekistonda ilk bora o‘tkazilayotgan bu kabi keng qamrovli tadbirda bosh homiy sifatida ishtirok etish biz uchun katta sharaf. O‘zbekistonda yildan yilga yangi brendlar nomi ko‘payotgani va ular o‘z iste’molchi va mijozlariga befarq emasliklari juda quvonarli holat», — deya ta’rif berdi Huawei bosh direktori Van Pen.

Umimiy hisobda ovoz berish jarayoniga O‘zbekistonning eng sara 61 nafar kompaniya va brendlari jalb etildi. G‘oliblar bir necha nominatsiyalar bo‘yicha Adbrand 2016, ya’ni eng yaxshi brend yo‘nalishida aniqlanib, maxsus yorliq, sovrin va Huawei kompaniyasidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Adweek hakamlar hay’ati Huawei’ni O‘zbekistonning 2016 yildagi «Eng innovatsion brendi» deb topdi.

Huawei-AWARD-680x510

«Bizning innovatsion taklif va dasturiy qo‘llanmalarimiz O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida yuqori baholanganidan juda xursandmiz. Har yili Huawei kompaniyasi ham global, ham mahalliy miqyosda yangi texnologiyalar va aholi hayotini yanada qulay bo‘lishi uchun dasturiy takliflar bilan chiqadi. Kompaniyamizning asosiy tamoyillari bu «innovatsiyaviylik», «ma’suliyat» «hamkorlik yoki hamjihatlik» hisoblanib, qayerda bo‘lmasin shunga amal qilinib kelinadi», — deya ta’kidladi Huawei’ning Korporativ aloqalar bo‘yicha department rahbari Davron Azizov.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!