Aeroportda barcha virus va bakteriyalarni 40 soniyada yo‘q qiluvchi kabina o‘rnatildi

  •   DiMaX
  •  427
  •  06.05.2020 14:45

Aeroportda barcha virus va bakteriyalarni 40 soniyada yo‘q qiluvchi kabina o‘rnatildi

Gonkong xalqaro aeroportida bir daqiqadan kamroq vaqt ichida barcha turdagi mikroblarni o‘ldirishga qodir dezinfeksiyalovchi kabinani sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu to‘g‘rida Daily Mail xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: Rossiyadagi yurtdoshlarimiz Telegram orqali o‘zlariga ish topishlari mumkin

Mazkur aeroport faqatgina sog‘liqni saqlash xodimlari foydalanib kelayotgan sanitar-gigiyenik kapsula o‘rnatilgan dunyodagi birinchi jamoat joyiga aylandi. Ta’kidlanishicha, kabinaning ichki yuzasi antibakterial material bilan qoplangan bo‘lib, u virus va bakteriyalarni o‘ldirishga qodir.

Kabinaga kirishdan oldin tana harorati o‘lchanadi. Eslatib o‘tamiz, yuqori tana harorati koronavirusning asosiy belgisi hisoblanadi. Shundan so‘ng kabinaga kiriladi va 40 soniyaga yaqin vaqt davomida dezinfeksiya ishlari olib boriladi.

Kabinalar — aeroportda yo‘lovchilar va xodimlarni infeksiyadan himoyalashga mo‘ljallangan ko‘plab usullardan biri. Shuningdek, bu yerda ultrabinafsha nurli va havoni sterillovchi qurilmalar bilan jihozlangan avtonom robot-tozalovchilardan ham tez-tez foydalaniladi.

Gonkong aeroporti ma’muriyati dezinfeksiya kabinalaridagi antimikrob qoplamalarni yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan barcha ob’yektlarga joylashtirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Virusga qarshi yangi texnologiya may oyining oxiriga qadar sinovdan o‘tkaziladi, shundan so‘ng undan uzoq muddatli foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

O‘QING: Koronavirus haqida yozib kelayotgan blogerlar izsiz g‘oyib bo‘ldi