Aeroportdan dron olib o‘tishga uringan yo‘lovchi ushlandi

  •   DiMaX
  •  399
  •  25.02.2021 16:58

Aeroportdan dron olib o‘tishga uringan yo‘lovchi ushlandi

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, tegishli ruxsatsiz uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish va shunday gadjetlarni olib kirish taqiqlangan. Bu bejiz emas, masalan, yaqinda Toshkentda chegaradan dron yordamida o‘tkazilgan «Makarov» to‘pponchasi xaridorlari ushlangan. Avvalroq esa...

O‘QING: DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?

Yaqinda bir yo‘lovchi Navoiy aeroportidan dron olib o‘tishga urindi, deya xabar bermoqda «Yangi O‘zbekiston» gazetasi internet nashri. Navoiy xalqaro aeroportiga «Moskva – Navoiy» yo‘nalishidagi yo‘lovchi avireys bilan uchib kelgan fuqaro E.O. «Navoiy aeroporti» chegara bojxona postining kirish yo‘nalishida «yashil» yo‘lak orqali harakatlanib kelayotganda bojxona organlarining e’tiborini tortadi.

Shundan so‘ng bojxona xodimlari fuqaro E.O.ning qo‘l yuki va bagajlarini belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazganida tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona nazoratidan yashirilgan 1 dona «uchuvchisiz uchish qurilmasi» (dron) borligi aniqlandi va vaqtincha saqlovga olindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga asosan, uchuvchisiz uchish aparatlarini Respublika hududiga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘QING: «Kamikadze» dronlarni yoppasiga otuvchi qurilma chiqdi (video)