Afsonaviy Angry Birds o‘yini real hayotga o‘tmoqda

  •   Saroy
  •  1018
  •  20.09.2018 13:02

Afsonaviy Angry Birds o‘yini real hayotga o‘tmoqda

Angry Birds o‘yinini yaratgan Rovio kompaniyasi,  Magic Leap garnitarasi uchun qo‘shimcha reallik beradigan yangi o‘yin demosini namoyish etdi. O‘yinsevarlar o‘z  uylarida turib virtual rogatka bilan qurollanish imkoniga ega bo‘ldilar.

O‘QING:Sizning orqangizdan ham kelishadi: kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

O‘yin Angry Birds: FPS nomini oldi.  FPS, bu rogatka bo‘lib First Person Slingshot so‘zlarining qisqartmasi. Ixtirochilar “jahldor qushcha”ning klassik mexanikasiga qo‘shimcha reallik kiritdi. O‘yinchi ko‘z o‘ngida virtual rogatka paydo bo‘ladi, xonaning yuqorirog‘ida esa yashil chuchqacha konstruksiyasi bor va sizdan ularni sindirish kerak bo‘ladi.  

O‘QING:Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

O‘yinda real hayotning barcha ob’yekti hisobga olingan. Agar qaysidir virtual ob’yekt stolda turgan bo‘lsa, u fizika qonunlariga binoan dumalab yerga tushishi mumkin.

O‘yin qo‘shimcha reallik bilan to‘ldirilgan bo‘lishiga qaramay, Angry Birds: FPS, masalan  ARKit’li iPhone uchun paydo bo‘lmasa kerak. Magic Leap garniturasining kenglikni skanerlashtirishga ko‘proq imkoniyati bor, shu bois mobil qurilmalarda bunaqasini joriy qilish anchayin murakkab masala hisoblanadi.

Rovio hozircha qo‘shimcha reallik bilan ta’minlangan yangi o‘yining relizi qachon uyushtirilishini ma’lum qilgani yo‘q, lekin yakuniy versiyasi 9 oktyabrda namoyish qilinishi mumkin. Chunki shu kuni  Magic Leap ixtirochilarining maxsus konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

O‘QING:Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!