Afsonaviy konsol qaytmoqda

  •   Saroy
  •  703
  •  10.10.2018 15:24

Afsonaviy konsol qaytmoqda

Bugun PlayStation kompaniyasi noyob PlayStation Classic konsoli uchun buyurtma qabul qilishni boshladi. Bu PlayStation’ning original pristavka dizaynida tayyorlangan  unchalik katta bo‘lmagan “quticha” bo‘lib, 90 yillarning 20 ta mashhur o‘yinlarini o‘ynash imkonini beradi. Ular orasida  fayting Tekken 3, Final Fantasy VII, Jumping Flash, R4 Ridge Racer Type 4 i Wind Arms kabi o‘yinlar bor.

Yangilangan versiya originaliga qaraganda qariyb ikki barobarga kichkina. Komplektida HDMI tirqishi va ikkita simli geympad ham bor.  Bu Sony’ning eng birinchi geympadlaridan biri hislblanadi. Konsol disk bilan ishlamaydi, shu bois u yerda sim yo‘q.

O‘QING:Sony afsonaviy PlayStation konsolini savdoga qaytarmoqchi

O‘yinni sog‘ingan ishqibozlar hozirdanoq Sony’ning internet do‘konlariga buyurtma bersa bo‘ladi, qolaversa buyurtmalarni hamkor kompaniyalar do‘konlaridan ham buyurtirish mumkin. Qurilmani yetkazib berish dekabr oyidan boshlanadi. 

Bungacha  Sony kompaniyasining raqibi Nintendo ham o‘zining 2016 yili chiqqan klassik konsolining yangilangan versiyasini chiqargandi.

O‘QING:Sony PlayStation 4 qachon o‘yindan chiqadi?