Afsonaviy Nokia 8110 «bananofon»ida endi WhatsApp va Facebook ham ishlaydi!

  •   DiMaX
  •  1076
  •  26.04.2019 09:57

Afsonaviy Nokia 8110 «bananofon»ida endi WhatsApp va Facebook ham ishlaydi!

Ko‘pchilikka qadrdon brendning Nokia 8110 telefonining qayta ishlab chiqilgan talqini o‘tgan yilning fevralida, MWC 2018 doirasida taqdim etilgan edi. O‘shandan buyon mazkur tugmachali telefon jahon bozorida faol tarzda o‘z o‘rnini egallab kelayotir.

O‘QING: «Bananofon» Nokia 8110: xaridorlarni qiziqtirib qo‘ydi

Yangilangan «bananofon» – maxsus KaiOS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan va Hindistondan tashqarida ham sotilayotgan kam sonli telefonlardan biridir. Kecha esa afsonaviy brend fanatlarini xursand qiluvchi yangilik e’lon qilindi: Nokia 8110 endi global miqyosda WhatsApp hamda Facebook ilovalarini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi.

Avval mazkur dasturlar faqat Hindiston hududidagi «bananofon»lar uchungina amal qilar edi. Endi esa HMD kompaniyasi ushbu model uchun global yangilanish tarqatdi va endi butun dunyodagi Nokia 8110 egalari WhatsApp messenjeridan hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlaridan foydalana oladigan bo‘ldilar.

Yangilanish hajmi 38 megabaytni tashkil etadi va u Nokia 8110 4G versiyalari uchun chiqarilgan. Ayni shunday telefonning chiroyli qora rangdagisi Terashop.uz internet-do‘konimizdan 709 000 so‘m evaziga sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Nokia X71 – kompaniyaning «teshik» ekranli va uchtalik kamerali ilk smartfoni Galaxy S10’ning yarim narxida sotuvga chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.