Afsonaviy Paranoid proshivkasi tantanavor qaytdi: hoziroq o‘rnatib olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1275
  •  17.04.2020 11:00

Afsonaviy Paranoid proshivkasi tantanavor qaytdi: hoziroq o‘rnatib olish mumkin!

Kastom proshivka ishqibozlari Paranoid Android haqida yaxshi bilishadi – bir zamonlar u «yashil robotchali» smartfon va planshetlar uchun eng innovatsion proshivkalardan biri bo‘lgan. Uning so‘nggi relizi 2018 yili chiqqan va keyin loyiha to‘xtatib qo‘yilgan edi.

O‘QING: «Jonli» video: iPhone’larga endi Android o‘rnatish mumkin!

Ikki yil avvalgi so‘nggi reliz Paranoid Android 7.3.1 bo‘lib, Android 7 Nougat operatsion tizimiga asoslangan edi. Endi u Paranoid Android Quartz nomi ostida qaytdi va so‘nggi – Android 10 operatsion tizim talqini bazasida ishlab chiqilgan.

Birinchi barqaror reliz – Paranoid Android Quartz 1 funksiyalari ro‘yxati anchagina kengaytirilgan, ular bilan batafsil loyihaning rasmiy saytidagi xabarda (ingliz tilida) tanishib chiqish mumkin. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, unda «deyarli toza» Android tizimi va juda ko‘p miqdorda qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud.

Jumladan, proshivkaga birato‘la so‘nggi – apreldagi Android xavfsizlik patchlari qo‘shilgan; «havo orqali» yangilanadi; SafetyNet ilovalar himoyasi qo‘llangan; hattoki Google servislari va ilovalari, shu jumladan Google Play ham mavjud. Qo‘shimcha funksiyalardan Pocket Mode – «cho‘ntak» rejimi, navigatsiya panelini sozlash imkoni, ekrandagi qo‘shimcha ishoralarni qo‘llab-quvvatlashi kabilarni sanab o‘tsa arziydi.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Paranoid Android Quartz 1 proshivkasini o‘rnatib olish mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxati quyida keltirilgan:

  1. Asus Zenfone Pro Max M2
  2. Asus Zenfone Pro Max M1
  3. Essential Phone
  4. OnePlus 7 Pro
  5. OnePlus 6
  6. OnePlus 6T
  7. OnePlus 3 va OnePlus 3T
  8. Xiaomi Redmi 5
  9. Xiaomi Mi 9
  10. Xiaomi Mi 6

Anglaganingizdek, yuqoridagilardan har birining nomiga o‘rnatilgan havola orqali aynan shu model uchun proshivkani yuklab olish sahifasiga o‘tiladi.

O‘QING: Windows 10 tizimini smartfonga o‘rnatib, uni mobil kompyuterga aylantirishdi! («jonli» video)

Shuningdek, dasturchilar yaqin haftalarda yana mana bu qurilmalar uchun ham Paranoid Android Quartz 1 proshivkasi tayyorlanib tarqatilishini aytishmoqda:

  1. OnePlus 5
  2. OnePlus 5T
  3. OnePlus 7
  4. OnePlus 7T
  5. OnePlus 7T Pro
  6. Sony Xperia XZ2,
  7. Sony Xperia XZ2 Compact
  8. Sony Xperia XZ3
  9. Xiaomi Mi 9T
  10. Xiaomi Mi 9T Pro
  11. Xiaomi Pocophone F1
  12. Xiaomi Redmi K20
  13. Xiaomi Redmi K20 Pro

Eslatib o‘tamiz: smartfonga norasmiy proshivka o‘rnatish – birmuncha murakkab ish bo‘lib, agarda tajribangiz bo‘lmasa, bu ishni ustasiga topshirgan ma’qul.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.