Afsonaviy Quake 2 o‘yinini bepul yuklab olishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  1139
  •  13.08.2020 12:36

Afsonaviy Quake 2 o‘yinini bepul yuklab olishga ulguring!

Birinchi shaxs nomidan o‘ynaluvchi Quake shuterini tajribali geymerlar yaxshi bilishadi. Uning huquqlariga egalik qiluvchi Bethesda kompaniyasi mazkur o‘yinning ikkinchi qismini uch kun davomida bepul ulashyapti.

O‘QING: Ommabop jangovar o‘yinni 19 avgustgacha naq to‘rtta platformadan istalgan birida bepul o‘ynang!

Ushbu kompaniya yaqinda QuakeCon konferensiyasini o‘tkazdi va unda yangi o‘yinlarni namoyish etadi. Shunga bag‘ishlab u xayriya to‘pladi va fanatlar jami 30 ming dollardan oshiq mablag‘ taqdim etishdi. Bethesda shuning evaziga endi uch kun muddatga Quake 2 o‘yinini kompyuterga bepul yuklab olish imkonini berdi.

Quake 2 shuterini kompaniyaning Bethesda Launcher launcheri orqali bepul yuklab olish mumkin. Buning uchun mana bu havola orqali o‘tib, agar akkauntingiz bo‘lmasa registratsiya qilishingiz lozim bo‘ladi. O‘yinning bepul tarqatilish muddati 15 avgust kuni kechqurun tugaydi, shungacha olib ulgurishingiz kerak.

Uning ortidan, 17 avgust kuni o‘yinning keyingi bosqichi – Quake 3 ham bepul tarqatiladi, yangiliklarimizni kuzatib boring.

O‘QING: PUBG Mobile, AliExpress va yana uch yuzta xitoycha ilova xavf ostida!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!