Afsonaviy shuter-o‘yin smartfonlarga ham chiqdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  910
  •  28.04.2021 16:33

Afsonaviy shuter-o‘yin smartfonlarga ham chiqdi! (+video)

Birinchi shaxs nomidan o‘ynaluvchi kompyuter o‘yinlari – DOOM turkumi shuterlarining dastlabkisi 1993 yilda, so‘nggisi – Doom Eternal esa 2020 yilda chiqqan. Mana shu oxirgisi Game Informer reytingiga ko‘ra o‘z toifasida eng zo‘rlaridan biridir.

O‘QING:  Eng murakkab o‘yin: «Iloncha» va «Tetris» chatishmasida kuchingizni sinab ko‘ring!

Bethesda kompaniyasi ushbu o‘yinning Mighty Doom nomli mobil versiyasini taqdim etdi. Geymerlar unda mini-dumsleyer rolida o‘ynab, iblislarga qarshi jang olib borishlari mumkin. Geympley jihatidan u Habby kompaniyasi 2019 yili chiqargan Archero mobil o‘yinini eslatadi.

Afsuski, hozircha Mighty Doom faqat Android tizimli smartfonlar uchun chiqarilgan, buning ustiga ayni damda Yangi Zelandiyadagi Google Play’dagina taqdim etilgan. Uning boshqa mamlakatlardagi yuzerlarga qachon yetib kelishi hamda iOS-versiyasi chiqish-chiqmasligi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Android-smartfonlarga endi Google Play’dagi ilovalarni internetsiz ham rasman o‘rnata olasiz!