Agar u displey bo‘lmasa, unda nima? vivo asosiy kamera yonida katta displeyi bo‘lgan X70 Pro+ flagmaninning suratlarini taqdim etdi

Agar u displey bo‘lmasa, unda nima? vivo asosiy kamera yonida katta displeyi bo‘lgan X70 Pro+ flagmaninning suratlarini taqdim etdi

vivo 9 sentyabrda taqdim etiladigan X70 Pro+ smartfonining rasmiy reklama renderlarini e’lon qildi.

O‘QING: vivo Y33s smartfoni chiqdi

Suratlardan smartfonning orqa panelida ikkinchi displey borligini ko‘rish mumkin. Displeyning o‘lchamlari hozircha noma’lum, biroq ushbu ikkinchi displey Xiaomi Mi 11 Ultra'dagi displeydan biroz kattaroq ekanligini ko‘rish mumkin.

To‘g‘ri, ushbu to‘rtburchak maydon displey ekanligi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Taniqli insayder Ben Geskin smartfonda ikkinchi displey yo‘qligini da’vo qilmoqda.

Smartfonning qora hamda to‘q sariq rangli turlari mavjud. To‘q sariq rangdagi qurilmalarning orqa peneli charm bilan qoplanadi.

vivo X70 Pro+ smartfoni 6,7 dyuymli qayrilma displey, Snapdragon 888 SoC chipi, 65 vattli quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: vivo smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!