Ahamiyatiga ko‘ra Google asoschilaridan keyingi o‘rinda turuvchi rahbar uni butkul tark etdi

  •   DiMaX
  •  543
  •  12.05.2020 10:59

Ahamiyatiga ko‘ra Google asoschilaridan keyingi o‘rinda turuvchi rahbar uni butkul tark etdi

Google kompaniyasida uning muassislari – Sergey Brin hamda Larri Peydj asosiy o‘rin tutishi shubhasiz. Kompaniyada o‘z ahamiyatiga ko‘ra ulardan so‘ng texnik maslahatchi – Erik Shmidt turar edi. Ma’lum bo‘lishicha, shu kunlarda u qidiruv gigantidan butunlay ishdan ketgan.

O‘QING: "Okay, Google: Menga o‘zing haqingda gapirib ber!"

Google asoschilari Erik Shmidtni kompaniyaga 2001 yili chaqirib olishgan edi. U o‘shanda yangi kompaniyaning direktorlar kengashi raisi lavozimini egallagan va korporativ infratuzilma qurilishi bilan shug‘ullangan.

Erik Shmidt asta-sekinlik bilan texnologik gigantning bevosita boshqaruvidan chetlasha borgan. 2011 yili esa u Google bosh ijrochi direktori lavozimini Larri Peydjga bo‘shatib bergan. Sobiq rahbar keyinchalik qidiruv gigantining bosh tuzilmasi – Alphabet xoldingi tarkibiga o‘tkazilgan. Endi esa Shmidt u yerni ham butkul tark etdi.

Shmidt jurnalistlarning savollariga javob berishda o‘ta haqgo‘yligi bilan tanilgan. Jumladan, 2009 yili, «Shaxsiy ma’lumotlarimizni Google bilan baham ko‘raversak bo‘ladimi?» degan savolga shunday javob bergan: «Agar bu ma’lumotdan boshqa birovlar xabardor bo‘lishini istamasangiz, buni qilmaganingiz ma’qul».

Yana bir qiziq fakt: Google’ga ishga olishda nomzodlarga beriladigan sinov savoliga Erik Shmidt javob bera olmagan! Bu qiziq savol to‘g‘rida mana bu xabarimizda batafsil o‘qib olishingiz mumkin.

O‘QING: Android borasida Samsung’ning eng ulkan xatosini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.