AirBar istalgan ekranni sensorli displeyga aylantiradi

AirBar istalgan ekranni sensorli displeyga aylantiradi

Texnologiyalar o‘zgarib borgan sari ular bilan ishlatiladigan aksessuarlar ham takomillashib boradi. Shunday innovatsion aksessuarlardan biri sifatida AirBar plankasini keltirish mumkin. Mazkur planka ekran ramkasiga mahkamlanadi, unga ko‘zga ko‘rinmaydigan magnit va datchiklar joylangan, gadjet USB-port orqali quvvatlanadi.

Hi-Tech.Mail.Ru nashrining yozishicha,  AirBar plankasi zForce AIR texnologiyasi asosida ishlaydi. Faol AlwasOn datchiklari ekran yuzasida ko‘rinmas yorug‘lik maydonini hosil qiladi. Ushbu datchiklar barmoqlarning tegishi va ayrim ishoralarni taniy oladi hamda ularni operatsion tizimga uzatadi. Gadjet batareya quvvatini ko‘p sarf etmaydi.

Windows 8, Windows 10 va macOS operatsion tizimlari AirBar gadjetini qo‘llab-quvvatlaydi. Narxi hozirda  79 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!