AirPods 2 Pro yangicha funksiyalarga ega bo‘ladi.

AirPods 2 Pro yangicha funksiyalarga ega bo‘ladi.

Apple ushbu yilda AirPods 2 Pro simsiz auloqchinlarini taqdim etadi. Kecha qurilma haqida yangi ma’lumotlar va uning renderlari e’lon qilindi.

Quloqchin H1 chipi uchun yangi System-in-Package tizimiga ega bo‘ladi. Ushbu tizim adaptiv shovqin qaytarish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi tizim “yuqori integratsiya va yaxshi ishlab chiqilgan texnologiya“ tufayli quloqchinni ishlash va quvvat samaradorligini oshiradi. 

“Find My“ funksiyasi ham o‘z navbatida takomillashtiriladi, shuningdek, yurak urishi tezligini kuzatish va “Hearing Aid“ rejimi qo‘shiladi. Quloqchin qutisi USB-C portiga ega bo‘ladi hamda tezkor quvvlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Ko‘rib turganingizdek, yangi quloqchinning tashqi ko‘rinishi AirPods Pro va AirPods 3 quloqchinlariga o‘xshaydi. Ular aniq bir oilaga mansub. AirPods 2 Pro modelining korpus oldingi avlod kabi bosimga sezgir tugmalarga ega.

Quloqchin yurak urish tezligini aniqlash sensori yordamida haroratni ham kuzatishi mumkin, ammo harorat monitoringi haqiqatdan ham quloqchinda bo‘lishi yoki bo‘lmasligi aniq emas.

“Hearing Aids“ funksiyasi mikrofonga ega bo‘lgan yangi quti bilan ishlaydi. U o‘zi eshitgan tovushlarni quloqchinga yetkazib beradi. Shuningdek, quloqchin qutisida karnay ham mavjud bo‘lib, u «Find My» funksiyasini ishga tushirilganda o‘zidan tovushlarni chiqarishi mumkin, bu esa qutini osonroq topib olish imkonini beradi.

Yuqori amplitudali drayver bloklari va yuqori dinamik diapazonli kuchaytirgichlarning kombinatsiyasi tufayli qurilmaning ovoz chiqarish imkoniyatlari ham oshadi.

O‘QING: ApplePay tizimini O‘zbekistonda joriy etish taklif qilindi