AirPods kutilmagan texnologiyaga ega bo‘ladi

AirPods kutilmagan texnologiyaga ega bo‘ladi

Apple smartfon foydalanuvchilarning musiqa tinglashlariga xizmat qiladigan o‘ziga xos texnologiyaga patent oldi.

Korporatsiyaning AQSh patentlash idorasiga taqdim etgan navbatdagi arizasida uning muhandislari yangi avlod AirPods audio quloqchinlari ustida izlanish olib borayotganliklari ma’lum bo‘ldi. Bu texnologiya yordamida simsiz quloqchinlar o‘zlaridan ovoz tarqatish hamda atrofdan kelayotgan tovushni uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Apple mazkur texnologiyani «akustik shaffoflik» deb nomlamoqda. U quyidagicha ishlaydi: ko‘rinishidan hozirgi AirPods audio quloqchinlarini eslatib yuboradigan mikrofonli aksessuar atrof-muhit tovushlarini ushlaydi hamda ularni musiqa ohangi bilan uyg‘unlashtiradi. Buning uchun unda maxsus mikrofonlar o‘rnatiladi.

Shu taxlit uning foydalanuvchisi musiqani yon-atroflaridan taralayotgan ovoz kuchaytirgichda tinglayotgandek his qiladilar. Shu bilan birga, atrof-muhit bilan ham aloqa uzilib qolmaydi. Ya’ni, qulog‘iga audio quloqchin taqib olgan odam mashina signali yoki boshqa shovqinlarni ham tinglab boradi. Tashqi shovqin uning uchun kutilmkagan holat bo‘lmaydi.

Patentda ovoz uzatishning boshqa usullari hamda stereo tovush uzatishning yangicha texnologik yechimlari ham ifoda etilgan.

Apple bir muddat avval HomePod "aqlli kolonka"sini taqdim etgan edi. Unda ham stereo tovush uzatishning o‘ziga xos texnologiyasi joriy qilingan. Bu qurilma o‘zi joylashgan xona va binonining hajmini, bu yerda ovoz tarqalishining imkoniyatlarini tahlil qiladi hamda shunga ko‘ra ovoz tarqatadi. Ehtimol, Apple kelajak quloqchinlarida ham aynana ana shu tajriba va amaliyotni joriy qiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!