AirPods Pro raqibi taqdim etilib, undan ikki yarim baravar arzon sotila boshladi!

  •   DiMaX
  •  1250
  •  13.10.2020 13:59

AirPods Pro raqibi taqdim etilib, undan ikki yarim baravar arzon sotila boshladi!

Apple korporatsiyasining AirPods quloqchinlariga o‘xshatib «Xitoycha Apple» ham gadjetlar chiqarib kelmoqda. Jumladan, Xiaomi Mi Air 2 Pro modeli hali namoyish etilmay turib, biz uning «jonli» videolarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Apple uzoq kutilgan gadjetlaridan kamida ikkitasini 13 oktyabrda taqdim etmaydi

Xiaomi kompaniyasi bugun – 13 oktyabr kuni mana shu flagman quloqchinini rasman taqdim qildi. Mi Air 2 Pro rusumli ushbu butkul simsiz quloqchin 15 oktyabrdan ochiq savdoga chiqadi, Xitoyda esa allaqachon uning uchun oldindan buyurtma olina boshlagan.

«Xitoycha Apple» ushbu aksessuari uchun 699 yuan miqdorida narx belgilagan, bu taxminan 104 dollarga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun: Apple AirPods Pro modeli 250 dollar turadi.

Xiaomi Mi Air 2 Pro vazni 6.5 grammga teng, uni 12 millimetrlik drayverlar bilan ta’minlashgan. Quloqchin faol shovqin to‘sish (ANC) funksiyasiga ega – 35 detsibellgacha shovqinni o‘tkazmaydi. Quloqchin uchta mikrofondan iborat tizimga ega.

O‘QING: Xiaomi atigi 13 dollardan boshlanuvchi ikkita simsiz quloqchin taqdim etdi

Shuningdek, unda «shaffoflik» rejimi, LHDC va AAC kodeklari ham bor. Mazkur aksessuar ovozni yetkazishda atigi 100 millisoniyagacha ushlanib qolishi mumkin, AirPods Pro modelida esa bu ko‘rsatkich 160 millisoniyaga teng.

Mi Air 2 Pro o‘zining avtonomligi bilan ham maqtana oladi – uning o‘zidagi akkumulyator quvvati 7 soatga yetadi. G‘ilofi bilan birga esa avtonomlik 28 soatgacha boradi. Darvoqe, keysning o‘zini USB-C porti orqali ham, Qi texnologiyasi bo‘yicha simsiz usulda ham quvvatlash mumkin.

Butkul simsiz quloqchinning qadog‘idagi o‘z jamlanmasida to‘rt juft rezina ambushyur ham bor. Xiaomi Mi Air 2 Pro modelini sozlash ishlarida Gremmi mukofoti sovrindori Luka Binyardi (Luca Bignardi) hamkorlik qilgan.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!