AirPods Pro savdoga chiqib ulgurmasidan xitoyliklar uning 40 dollarlik klonini sota boshlashdi!

  •   DiMaX
  •  1052
  •  01.11.2019 11:00

AirPods Pro savdoga chiqib ulgurmasidan xitoyliklar uning 40 dollarlik klonini sota boshlashdi!

Apple korporatsiyasi bir necha kun avval yangi avlod simsiz quloqchini – AirPods Pro’ni namoyish etgandi. Mazkur mahsulotini u 30 oktyabr kuni sotuvga chiqargan.

O‘QING: AirPods Pro taqdim qilindi. Yangi aksessuarning oddiy AirPods'dan farqi nimada?

Buni qarangki, AirPods Pro hali rasman sotila boshlamasidanoq xitoyliklar xuddi unga o‘xshatib ishlangan Vpods Pro simsiz quloqchinini ham savdoga chiqarishdi!

Bu haqda taniqli dizayner Veniamin Geskin birinchilar qatori ma’lumot berib, Twitter-akkauntida rasmlarini ulashgan:

To‘g‘ri, unga Apple’ning yangi quloqchinidagi barcha imkoniyatlar tatbiq etilmagan, tashqi ko‘rinishidan ham farqlasa bo‘ladi. Lekin baribir, taqdimotidan to savdoga chiqqunigacha bo‘lgan bir necha kun ichidayoq xitoyliklar uning qalbakisini tayyorlab ulgurishganiga qoyil qolmay iloj yo‘q!

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Allaqachon «xitoycha» Samsung Galaxy S10+ chiqdi!

Eslatib o‘tamiz, oddiy AirPods 160 dollardan (sotib olish) 200 dollargacha (sotib olish) tursa, kupertinoliklar quloqchinning Pro talqini uchun 250 dollar so‘ramoqda. Aslida, AirPods ham o‘zi 160 dollar turadi, lekin quloqchin qutisi simsiz zaryadlanishini afzal ko‘rsangiz, yana qo‘shimcha 40 dollar sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Vpods Pro quloqchini esa Xitoyning bir nechta internet-do‘konida taxminan 40 dollardan sotilyapti, tag‘in shovvozlar uni sayyoraning istalgan nuqtasiga eltib berishni va’da qilishyapti!

Terashop.uz internet-do‘konimizda bo‘lsa, ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli rusumlardagi simli va simsiz quloqchinlarini atigi 105 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Atigi 56 dollar narxdagi Xiaomi Air 2 simsiz quloqchinlari taqdim qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!