AirPods Pro taqdim qilindi. Yangi aksessuarning oddiy AirPods'dan farqi nimada?

AirPods Pro taqdim qilindi. Yangi aksessuarning oddiy AirPods'dan farqi nimada?

Shu hafta boshida Apple hech qanday "dabdaba"larsiz yangi AirPods Pro simsiz quloqchinini taqdim qildi. 250 dollar turuvchi ushbu aksessuar oddiy AirPods'dan nimasi bilan farqlanadi? Quyida mana shu savolga javob beramiz.Umuman, AirPods Pro butunlay o‘zgacha lineykadagi quloqchin bo‘lib, oddiy AirPods'dan bir necha jihati bilan farq qiladi.

Oddiy AirPods 160 dollardan (sotib olish) 200 dollargacha (sotib olish) tursa, kupertinoliklar quloqchinning Pro talqini uchun 250 dollar so‘ramoqda. Aslida, AirPods 160 dollar turadi, lekin quloqchin qutisi simsiz zaryadlanishini afzal ko‘rsangiz, yana qo‘shimcha 40 dollar sarflashingizga to‘g‘ri keladi.  

AirPods Pro shunday dizaynda yaratilganki, aksessuar quloq ichiga mustahkam joylashadi, AirPods esa shunchaki quloq tashqarisida turadi. Quloqchinning uchi moslashuvchan silikondan qilingan.AirPods Pro to‘liq zaryad bilan 4 yarim soat ishlasa, AirPods 5 soat ishlaydi. Bu borada AirPods'ga layk bosamiz. Biroq Apple'ning aytishicha, har ikki quloqchin qutisi quvvati "24 soatdan oshiq"qa yetadi.AirPods Pro faqat simsiz quvvatlanadi, simli quvvatlanuvchi talqini yo‘q. Yangi aksessuarning zaryadlash qutisi odatiy AirPods'nikidan kengroq.AirPods'da shovqinni filtrlash funksiyasi mavjud emas, Pro'da esa bor. Lekin "shaffof rejim"ni yoqib, filterlashni o‘chirib qo‘yish ham mumkin.AirPods Pro sensorli, ya’ni barmoqni quloqchinga tekkizish bilan musiqa va qo‘ng‘iroqlarni nazorat qilish mumkin. AirPods'ga bunday datchik o‘rnatilmagan.Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, AirPods Pro "moslashuvchan EQ" funksiyasiga ham ega bo‘lib, musiqa tinglash amaliyoti maroqli bo‘lishi uchun "ohangni avtomatik ravishda qulog‘ingiz shakliga moslashtiradi". 200 dollarlik talqinda esa bunday emas.AirPods Pro suv va terga chidamli, "uka"si esa, yo‘q.AirPods Pro ba'zi eskiroq Apple qurilmalari (iPhone 5S, iPad Mini 2, iPad Air (birinchi avlodi) yoki Pad Touch (oltinchi avlodi) lar) bilan moslashmaydi, AirPods bunchalik "injiq" emas. O‘QING: iPhone 11’lar yangi rekord o‘rnatdi, lekin bu ko‘rsatkich Samsung’ning flagmaniga yeta oladimi?