AirPods Pro’ning haqiqiy kushandasini kim tayyorlayotganini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1116
  •  15.11.2019 14:24

AirPods Pro’ning haqiqiy kushandasini kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Apple yaqinda taqdim etgan butkul simsiz AirPods Pro quloqchini hali savdoga chiqib ulgurmasidan turib, xitoyliklar uning 40 dollarlik klonini sota boshlashgan. Shuningdek, mazkur original aksessuarning arzon klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilayotgani videosini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Quloqchinning «dodasi» chiqdi – naq 67 655 dollarlik!

Slashleaks resursida e’lon qilingan suratga ko‘ra, kupertinoliklarning yangi avlod butkul simsiz quloqchiniga raqib bo‘luvchi devaysni Nokia kompaniyasi tayyorlamoqda. Garchi u haqida aniq ma’lumotlar bo‘lmsa-da, eskizga ko‘ra, quloqchin va g‘ilofi ikki xil – qora va kul rang korpuslarda taklif etiladi.

Shakliga qaraganda, quloqchinning o‘zi quloq chig‘anog‘i ichida turadi. Chizmada uning mikrofoni uchun tirqish ko‘zga tashlanadi, ammo mazkur aksessuar haqida boshqa hech nima ma’lum emas. Darvoqe, Nokia simsiz quloqchinining quvvatlovchi g‘ilofi shakli aynan Apple AirPods Pro’nikiga o‘xshash ekanini ham ta’kidlash kerak.

Nokia bu quloqchinini qachon taqdim etishi va narxi ham ma’lum emas. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli rusumlardagi simli va simsiz quloqchinlarini atigi 105 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Apple AirPods’ning yana bir kushandasi – Nubia Pods simsiz quloqchini bitta smartfon narxida sotiladi!