AirPods Pro’ning keragi yo‘q: uning Siri va Bluetooth 5.0’li kloni atigi 12 dollardan sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  1202
  •  18.06.2021 12:08

AirPods Pro’ning keragi yo‘q: uning Siri va Bluetooth 5.0’li kloni atigi 12 dollardan sotilyapti!

O‘tgan yil yakunida AirPods Max garniturasi namoyish qilingan va unga hattoki 2020 yilgi iPhone SE smartfonidan ham yuqori narx belgilangan. Biroq xitoyliklar uning P9 nomli klonini bor-yo‘g‘i 10 dollardan sota boshlashgan.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Xitoyliklar yaratgan yana bitta arzon klonni iPhone’lar original AirPods Pro sifatida qabul qilayotganini yozgandik. Keyinroq esa AliExpress onlayn savdo platformasida originalidan farq qilmaydigan, lekin atigi quloqchin sotila boshlagan edi.

Endi bo‘lsa mazkur savdo maydonchasida AirPods Pro kloni bo‘lgan boshqa bir TWS-quloqchin yanada arzon narxda sotuvga chiqdi. Air Pro 3 nomini olgan ushbu aksessuarni original Apple mahsulotidan farqlash qiyin.

AirPods Pro modeli kabi, Air Pro 3 ham Bluetooth 5.0 moduliga ega va AAC kodekini qo‘llab-quvvatlaydi. Original versiyadagi singari, bu klon ham iPhone’ga tez bog‘lanadi; «tishlangan olmali» smartfonlar orqali mazkur aksessuarning ham joylashuvini va akkumulyatori zaryadini ko‘rish mumkin.

Eng qizig‘i – xitoyliklar Air Pro 3 modeliga ham Siri ovozli yordamchisini integratsiya qila olishgan! Quloqchin sensor panellar yordamida boshqariladi va Android-smartfonlar bilan ham ishlaydi.

Air Pro 3 bitta quvvatda 3 soatgacha ishlay oladi; g‘ilofi esa quloqchinni yana bir necha marta zaryadlab beradi. Keysning o‘zi Lightning portiga ega; shuningdek, simsiz quvvatlash texnologiyasi ham joriy etilgan.

AliExpress onlayn bozorida Air Pro 3 quloqchini uchun 11.40 – 12.60 dollarlik narx belgilangan va uni turli ranglarda taklif etishmoqda.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!