AirTag uchun g‘ilof chiqdi – aksessuarning aksessuari smartfondan ham qimmat!

  •   DiMaX
  •  533
  •  26.04.2021 15:08

AirTag uchun g‘ilof chiqdi – aksessuarning aksessuari smartfondan ham qimmat!

Apple bir necha yil kutilgan AirTag trekerini kuni kecha taqdim etdi va biz uni videosi bilan e’lon qilganmiz. Gadjetning bir donasi 29 AQSh dollariga baholangan, xohlovchilar to‘rttasini $99 evaziga ham olishlari mumkin. Darvoqe, uning raqibi – Samsung Galaxy SmartTag ham xuddi shunday narxda sotilmoqda.

O‘QING: Galaxy Unpacked’ning barcha roliklari bitta joyda: Galaxy S21, Galaxy Buds Pro hamda Galaxy SmartTag bilan to‘liq tanishamiz!

Kupertinolik kompaniyaning rasmiy saytida AirTag geo-brelogi uchun Hermès tomonidan maxsus ishlab chiqilgan g‘iloflar sotuvga qo‘yildi. Biroq ular ayrim kompaniyalarning o‘rtacha smartfonlaridan ham qimmat ekanligi kishini hayratga soladi.

Sotuv jamlanmasiga AirTag’ning o‘zi ham kirgan, sumkaga ilib qo‘yiluvchi g‘ilof – Hermès’ning bu turkum mahsulotlari orasida eng arzoni bo‘lib, 299 AQSh dollariga baholangan. Kalit uchun halqali Hermès g‘ilofiga ega AirTag devaysi 349 dollar bo‘lsa, yuk uchun AirTag Hermès birkasi 449 dollarga narxlangan!

Ta’kidlash kerakki, Hermès – bu fransuz modalar uyi bo‘lib, 1837 yilda ekipajlar va ot anjomlari tayyorlovchi ustaxona sifatida ish boshlagan. Bu kompaniya hozirda charm mahsulotlar ishlab chiqaradi va o‘ziga yarasha nufuzga ega.

AirTag aksessuariga qaytadigan bo‘lsak, allaqachon bu brelokning katta kamchiligi ko‘zga tashlangan – u judayam tez tirnaladi. Ya’ni, uni g‘ilofsiz ishlatsa tezda to‘zib qoladi; lekin buning uchun qimmatbaho Hermès mahsulotlari shartmas – arzon g‘iloflar ham bor.

O‘QING: 20 000 dollarlik AirPods chiqdi! Bilasizmi, uning siri nimada?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!