"Ajoyibroq narsa qachon keladi?"

Samsung kompaniyasi o'zining rasmiy Twitter sahifasiga #SamsungUnpacked heshtegi ostida uchta suratdan iborat topishmoq joyladi. Suratlarning birida harflar, raqamlar va belgilar aralashmasi, ikkinchisida esa ranglar, uchinchisida esa "Ajoyibroq narsa qachon keladi?" savoli ostida oldingi suratdan olingan olti xil rang berilgan.

Samsung topishmog'idagi uchta suratning birlashtirilgani
Foto: Samsung / The Verge tomonidan birilashtirildi

Agar birinchi va ikkinchi suratlarni birlashtirsak, biz uchinchi suratda keltirilgan ranglarni dekodlashimiz mumkin, ya'ni bunda, javob, 081022 yoxud 2022-yil 10-avgust. Shunday qilib, Samsung o'zining navbatdagi taqdimotini kelayotgan avgust oyining 10-sanasida o'tkazadi.

Ta'kidlash joizki, ushbu sana kecha Evan Blass tomonidan tarqatib yuborilgan posterdagi sanani ham tasdiqlaydi.

Taqdimot davomida kompaniya yangi avlod Galaxy Z Fold 4 va Galaxy Z Flip 4 buklamafonlari bilan birgalikda Galaxy Watch 5, Galaxy Watch 5 Pro aqlli soatlarini, shuningdek, yangi Galaxy Buds simsiz quloqchinlarini taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: Qanday qilib Samsung gadjetlarini bepulga olish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.