Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

  •   DiMaX
  •  1153
  •  18.09.2018 10:48

Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

2018 yili Buyuk Britaniyada oila ajralishlarining sabablari tadqiq etilgan. Buni qarangki, ularning ikki yuzdan ortig‘i juftliklardan birining kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgani bois ajrashayotgan ekan.

O‘QING: Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Oilalar buzilishlarining asosiy sabablari sifatida xiyonat, ichkilikbozlik, giyohvandlik, kazino va kompyuter o‘yinlariga berilish ta’kidlangan. Kuzatuvlar natijalariga ko‘ra, oilaviy munosabatlarning asosiy kushandasi mashhur Fortnite o‘yini ekan.

Avvalroq Butunjahon sog‘likni saqlash tashkiloti o‘yinlarga berilishni ruhiy kasallikning ko‘rinishlaridan biri, deya e’tirof etgan edi. Bu kasallikni davolash choralari hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

O‘QING: Sizning orqangizdan ham kelishadi: kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!