Ajrashmoqchi bo‘lganlar ishi bilan endi sun’iy intellekt shug‘ullanadi

  •   DiMaX
  •  349
  •  02.07.2020 12:59

Ajrashmoqchi bo‘lganlar ishi bilan endi sun’iy intellekt shug‘ullanadi

Avstraliya Milliy yuridik yordami ajrashishga qaror qilgan juftliklar uchun Amica sun’iy intellekti asosida ishlovchi yangi onlayn-xizmatni taqdim etdi. Bu haqda ZDNet xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

«Sun’iy intellekt sobiq juftliklarning mol-mulki va qarashlarini ob’yektiv baholab, ularga mos keladigan qaror qabul qiladi. Xususan, Amica hissiyotga berilgan suhbatlar va noqulay uchrashuvlardan qochish imkonini beradi, chunki tomonlarning barcha ma’lumotlari bulutli servisda saqlanadi», – deydi Avstraliya hukumati.

Loyiha rahbari Gabriel Kennining hisoblashicha, sun’iy intellekt ajrashish jarayoniga ketadigan yuridik xarajatlarni kamaytiradi, yuridik kontoralarning ishini yengillashtirib, sudlar yuklamasini ozaytirishga xizmat qiladi.

«Odamlar o‘z muammolarini uzoq huquqiy janglar uchun o‘n minglab dollar sarflamasdan hal eta oladi», – deydi Kenni.

Sun’iy intellektning bu boradagi o‘ziga xosligi – xolisligida. Federal hukumat hozirda loyiha uchun 3 million Avstraliya dollari ajratgan.

Ma’lum qilinishicha, loyiha yil oxiriga qadar bepul taqdim etiladi, 2021 yilning yanvaridan servisdan foydalanish uchun juftlik 444 Avstraliya dollari to‘lashi kerak bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, ushbu pullar servisni takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

O‘QING: Nikoh uchun ideal juft tanlab beruvchi dastur yaratildi!