Aksiya: smartfon xaridida 3000 megabayt bonus oling!

  •   DiMaX
  •  1112
  •  16.01.2021 13:43

Aksiya: smartfon xaridida 3000 megabayt bonus oling!

Ucell yaqinda naq to‘qqizta tarifda daqiqa, SMS va megabaytlar limitlari cheksizgacha oshirgan edi. Shuning ortidan u yana uchta tarifda megabaytlar, daqiqalar va SMS’lar limitlarini ko‘paytirgan.

O‘QING: Atigi 2021 so‘mga 2021 megabayt, O‘zbekiston bo‘yicha 2021 daqiqa va 2021 SMS oling!

Mazkur uyali aloqa operatori endi Alistore onlayn do‘koni bilan hamkorlikda aksiya e’lon qildi. Unga ko‘ra, Alistore sotuv nuqtalaridan yoki www.alistore.uz internet-do‘konidan telefon xarid qilishda 3000 megabaytlik bonus olasiz.

Alistore sotuv nuqtalari ushbu manzillardagi Ucell ofislarida joylashgan:

  1. Toshkent shahri, Vohidov ko‘chasi, 118
  2. Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi, B-1, 2-uy, seksiya 3
  3. Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 1
  4. Farg‘ona shahri, Navoiy ko‘chasi, 74
  5. Qo‘qon shahri, Hamza ko‘chasi, 12
  6. Andijon shahri, A. Umarxon ko‘chasi, 24
  7. Namangan shahri, Navoiy ko‘chasi, 67

Aksiyada Ucell’ning yangi va mavjud abonentlari ishtirok etadilar; bonus 1 oy muddatga taqdim etiladi. Bonusni olish uchun xarid qilingan tovarning kafolat taloni va kassa chekini operatorga taqdim etish lozim.

Telefonni Alistore internet-do‘konidan xarid qilishda esa Ucell abonentlari uchun bonus avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumot olish uchun bog‘lanish raqami: +998935093030.

O‘QING: Cheksiz internetgacha taklif etuvchi to‘rtta yangi tarif rejasi chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!