Akkumulyator unumdorligi bo‘yicha ushbu smartfon DxOMark reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi

Akkumulyator unumdorligi bo‘yicha ushbu smartfon DxOMark reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi

DxOMark laboratoriyasi asosan professional kamera va linzalar, shuningdek, smartfon kameralarini tavsiflab, ularga baho beradi. 

Yaqin yillardan beri DxOMark smartfonlarning akkumulyatorlarini ham baholashni boshladi. 

Shu paytgacha reytingda 89 ballni qo‘lga kiritgan iPhone 13 Pro Max smartfoni birinchi o‘rinni egallab kelayotgan edi. Shuningdek, xuddi shunday natijaga OnePlus Nord CE, vivo Y72 hamda Xiaomi T11 qurilmalari ham erishishga muvaffaq bo‘lgan edi. 

Biroq yaqinda Oppo Reno 6 5G smartfoni 96 ball bilan o‘z taqibchilarni ortda qoldirgan holda reytingning birinchi pog‘onasiga chiqib oldi. 

DxOMark'ning ta’kidlashicha, ushbu yuqori ball ortida Oppo kompaniyasining 65W SuperVOOC 2.0 tez zaryadlash tizimi turibdi. 0% dan 100% gacha quvvat to‘plashi uchun qurilma 35 daqiqa vaqt sarflaydi. Bundan tashqari, besh daqiqa zaryadlash akkumulyatorning 10 soat ishlash muddatini ta’minlaydi. 

Smartfondan o‘rtacha darajada foydalanilganda uning akkumulyator avtonomlik vaqti 57 soatni tashkil etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Oppo Reno 6 5G smartfoni 4,300 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Qurilma Dimensity 900 chipi hamda FullHD+ rezolyusiya va 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.43 dyuymli AMOLED displeyiga ega. 

O‘QING: Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarining narxlari ma’lum bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.