AKT sohasida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi mustahkamlanmoqda

  •   DiMaX
  •  677
  •  15.04.2019 08:31

AKT sohasida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi mustahkamlanmoqda

Mamlakatimizda iqtisodiyotining turli tarmoqlari, davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda. Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasi rivojlantirilmoqda, deb yozadi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

O‘QING: Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshini uchirish uchun Space Xʼni tanladi

Ayni yo‘nalishdagi ishlarda ham mamlakatimiz Qozog‘iston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. 2018 yilda o‘zaro hamkorlik yangi kelishuvlar, bitimlar bilan boyidi.

Xususan, Toshkentda raqamli texnologiyalar sohasi bo‘yicha tashkil etilgan O‘zbekiston – Qozog‘iston biznes-forumi doirasida «Universal Bank» ATB Qozog‘istonning «Kazteleport» AJ axborot texnologiyalari kompaniyasi, shuningdek, «UZINFOCOM Yagona integratori» va Qozog‘istonning «Milliy axborot texnologiyalari» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va memorandumlar imzolandi.

O‘QING: O‘zbekiston aloqa uchun Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshidan foydalanadi

Shuningdek, mamlakatimizdagi davlat rasmiy axborot manbai va yetakchi axborot agentligi – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytda ilk bor qozoq tili sahifasini ishga tushirmoqda.

O‘zA axboroti 8 tilda — o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida tarqatiladi.

O‘zbekistonda «Qozog‘iston yili»ning ochilishi munosabati bilan rasmiy axborot agentligi sahifalariga ilk bor qozoq tili ham qo‘shildi.

Endi veb-sayt O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlaridagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida tezkor va ob’yektiv axborot uzatish imkonini beradi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni to‘laligicha yoritish, azaliy yaqinlikni targ‘ib qilish, do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlash bosh maqsadi hisoblanadi. Mazkur sahifa yaqin qo‘shnichilik, birodarlik, barcha sohadagi manfaatlar mushtarakligiga xizmat qiladi.

O‘QING: Rossiya buyurtmasiga ko‘ra Yahoo’ni buzib kirgan qozog‘istonlik xaker yirik jarimaga tortilib, 5 yilga qamaldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!