AKT sohasidagi yangi qo‘shma korxona telefonlarni IMEI-kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olishda qatnashadi

  •   DiMaX
  •  972
  •  20.07.2019 08:05

AKT sohasidagi yangi qo‘shma korxona telefonlarni IMEI-kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olishda qatnashadi

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» doirasida mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sohada dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchilarning rivojlanishi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangi «INFORMATION TECHNOLOGY CENTER» MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi, deb yozadi AKT vazirligi Axborot xizmati.

 O‘QING: Jahonning kuchli yuzligiga kiruvchi kompaniya O‘zbekistonda rasman ish boshladi

«Delta Telecom International I, LLC» (AQSh) (ustav kapitalining 51 foizi) kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «O‘zbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» Davlat unitar korxonasi (ustav kapitalining 49 foizi) qo‘shma korxonaning ta’sischilari hisoblanadilar.

Mazkur qo‘shma korxonaning asosiy faoliyat turlari quyidagilar:

- turli biznes jarayonlarni avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minotlar va ilovalar ishlanmalarini yaratish;

- turli vazifalarga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat ko‘rsatish;

- turli axborot tizimlari,ma’lumotlar bazalari, server va boshqa tarmoq qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish.

Tashkil etilgan qo‘shma korxona IMEI kodlari bo‘yicha respublikada mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizimini joriy etish loyihasida ishtirok etish bilan o‘z faoliyatini boshlaydi*.

O‘QING: O‘zbekistonda 1 apreldan barcha smartfon va planshetlar IMEI-kodi bo‘yicha BEPUL ro‘yxatga olinmoqda!

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 22 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish to‘g‘risida»gi hukumat qaroriga muvofiq joriy yilning 1 aprelidan O‘zbekistondagi GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan barcha mobil qurilmalarining avtomatik tarzdagi bepul ro‘yxatga olinishi boshlandi.

IMEI – mobil aloqa operatori mobil aloqasi tarmog‘ida mobil qurilmani identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodi hisoblanib, odatda, 15 ta raqamdan iborat bo‘ladi.

*Loyiha haqidagi batafsil ma’lumot www.uzimei.uz portalida joylashtirilgan.

O‘QING: XUShXABAR: O‘zbekistonda IMEI-kodi mos kelmagan smartfonlar hozircha bloklanmaydi!