AKT vaziri Alibaba bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

  •   DiMaX
  •  302
  •  14.10.2019 17:51

AKT vaziri Alibaba bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Shu yilning 13 oktyabr kuni IT-Parkda AKT vaziri Shuhrat Sodiqov,  Xitoyning  Alibaba Strategik hamkorlik markazining ilmiy tadqiqotlar instituti Bosh kotibi Sin Cheng bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: AKT vaziri «NEC» kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvdan asosiy maqsad Xitoyning  yirik kompaniyalari bilan hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan. Unda tomonlar o‘zaro kooperatsiyaga katta qiziqish bildirib, kelgusi hamkorlik bo‘yicha fikr almashdilar. Uchrashuvda elektron tijoratni rivojlantirish, B2B onlayn platformani yaratish (marketpleys), axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:

Alibaba – Internet-savdo va elektron tijorat sohasi bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Kompaniya Alibaba Group kompaniyalar guruhiga kiradi va Nyu-York fond birjasida savdo qiladi. Birjada aksiyalarni ilk marotaba ommaviy joylashtirish tarixiy voqea bo‘lgan va rekord o‘rnatilgan – Alibaba Group’ning qimmatli qog‘ozlari 25 milliard AQSh dollariga sotilgan. Bugungi kunda Alibaba Group kapitalizatsiyasi 500 milliard AQSh dollaridan oshadi.

O‘QING: O‘zbekiston hatto Google, Yandeks, AliExpress va Netflix’ga ham soliq solmoqchi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!